Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 7

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari kotibiyati

Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari

 

  • iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishga, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, faol investitsiya siyosatini olib borishga, innovatsion rivojlanish mexanizmini izchil joriy etishga yo’naltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bandlikni, aholi daromadlari o’sishini va hayoti darajasi oshishini ta’minlash;
  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, shaharlar va tumanlar hokimliklarining, boshqa tashkilotlarning, birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko’paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish bo’yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va ularni jahon hamda mintaqa bozorlariga kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning ko’paytirilishini rag’batlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va o’z vaqtida ishga tushirish hamda ishlayotgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalashni ta’minlash, shuningdek ularni amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish ishlarini faol bajarish;
  • xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;
  • respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o’rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish;
  • ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o’rinlari tashkil etish hisobiga band bo’lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ishga joylashtirishni ta’minlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish;
  • qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • tibbiy xizmat ko’rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar sog’lig’i muhofazasini ta’minlash, qishloq vrachlik punktlarining, diagnostika, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;
  • iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada islohotlarning strategik vazifalariga va ustuvor yo’nalishlariga muvofiq ilmiy va texnologik salohiyatni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanish;
  • davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish;
  • iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash bo’yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko’rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • chakana va ulgurji savdoni, pulli xizmatlar ko’rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko’rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek savdo va xizmatlar ko’rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  •          turizm sohasida ishlarning ahvolini tizimli va kompleks o’rganishni, tahlil qilishni tashkil etish.

Kotibiyat o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

  •          o’z vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha axborotlarni to’plash va umumlashtirish;
  •          tegishli tarmoqlarda va hududlarda ishlarning ahvolini o’rganish hamda viloyat hokimi va uning o’rinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlash;
  •          tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib borish;
  •          O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
  •          tegishli tarmoq va sohalar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlash;
  •          viloyat hokimi (tegishli o’rinbosar) ko’rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni tayyorlash;
  •          viloyat hokimligiga kiritilgan hujjatlar loyihalari ekspertiza-sini amalga oshirish va ularni ishlab chiqish, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlash;
  •          viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarga materiallar tayyorlash va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish;
  •          o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo’jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  •          viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo’mitalar ishi samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  •          jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish va ularda qo’yilgan masalalarni hal etish bo’yicha takliflar tayyorlash, ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish.
  • Kotibiyat qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.

 

Rahbar: Quvonov Shuhrat Suyunovich

Telefon: 0 (367) 225 07 47

E-mail: iqtisodiy@sirdaryo.uz, ijt@sirdaryo.uz

Manzil: Guliston shahri, Mustaqillik ko`chasi 60-uy

Iqtisodiyot masalalari ustuvor vazifalar (DOC, 140 kb)

Tadbirkorlik masalalari ustuvor vazifalari (DOC, 62 kb)

Iqtisodiyot masalalari nizomi (DOC, 84 kb)

Tadbirkorlik masalalari nizomi (DOC, 69 kb)

Iqtisodiyot masalalari nizomi (PDF, 173 kb)

Tadbirkorlik masalalari nizomi (PDF, 160 kb)

Viloyat hokimligi, shahar va tuman hokimliklari boshqaruv apparatlari to’g'risidagi na’munaviy nizomlarni tasdiqlash haqida (PDF, 263 kb)

1 270

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Dekabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Noy    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×