Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 4

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Komissiya yig‘ilishi. DOLZARB MASALALARGA BAG‘ISHLANDI

29 Fevral, 2016
339

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasiniig Sirdaryo viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan majlisida Sirdaryo viloyatidagi xalq deputatlari mahalliy kengashlarida ish yuritishning hamda qarorlari bajarilishining o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Majlisda viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, tuman va shahar hokimlari, xalq deputatlari  viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, mahalliy kengashlar doimiy komissiyalari raislari, siyosiy partiyalarning viloyat  bo‘limi rahbarlari, tuman va shahar hokimliklari tashkiliy-nazorat guruhlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni viloyat hokimining o‘rinbosari  Bahrom Bo‘ronov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

Majlisda senatorlar tomonidan ta’kidlanganidek, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati, tuman va shahar kengashlari hamda ularning doimiy komissiyalari tomonidan sessiyalarda, doimiy komissiyalarning majlislarida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir dolzarb masalalarni muxokama etish hamda ular yuzasidan qabul qilingan qarorlarning ijro etilishini ta’minlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2015 yil va 2016 yilning o‘tgan davri mobaynida xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 17 ta sessyayasi o‘tkazildi. Mazkur sessiyalar kun tartibiga 47 ta masala, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik 20 dan ortik dolzarb masala kiritilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Xalk deputatlari viloyat Kengashining rejalariga muvofik O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari, davlat dasturlari hamda hududiy dasturlar ijrosi bilan bog‘liq masalalarni muxokama etishga alohida e’tibor karatildi.

Mahalliy hokimiyat vakillik organlarining qabul qilingan qarorlarni joylarga etkazish, ularni ijro etish jarayonini nazorat qilish, qarorlarning ijro etilishi to‘g‘risida olingan axborotni to‘plash va tahlil qilish yuzasidan Sirdaryo viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda ularning doimiy komissiyalari tomonidan hokimliklarning tashkiliy-nazorat guruhlari bilan hamkorlikda muayyan ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish natijalari ko‘rsatishicha, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida ishlarni o‘z reglamentlariga, ishlar nomenkulaturasiga qat’iy muvofiq tarzda olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Doimiy komissiyalar o‘z vaqtida shakllantirildi, rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi ta’minlanmokda.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi, tuman va shahar kengashlari sessiyalarida ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari tarkibiy bo‘linmalari va boshqa tuzilmalar rahbarlarining ushbu masalalarga doir axboroti hamda hisoboti muhokama etilmoqda, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda va ular ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilmokda. Saylovchilarning murojaatlarida ko‘rsatilgan hududlarning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etish maqsadida deputatlar so‘rovi institutining imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan deputatlar so‘rovlarining ijro etilishi muntazam o‘rganilmoqda va muhokama etilmoqda.

Tuman, shahar kengashlari tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashining qo‘shma sessiyalarini muntazam o‘tkazib borish amaliyoti tarkib topdi. Bunday qo‘shma sessiyalarda hududlarii ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilinmoqda. 2015 yilda bunday sessiyalar Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Sirdaryo, Sayxunobod, Boyovut va Xovos tumanlarida o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Senat Komissiyalari a’zolari tomonidan Sirdaryo viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlarini ijro etishda mavjud bo‘lgan ayrim kamchilik va nuqsonlar qayd etib o‘tildi.

Komissiya raisi, Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi Faxriddin Umarov, Komissiya a’zosi,  Oliy Majlis Senati a’zosi Ikrom Qoratoev, Komissiya raisining o‘rinbosari, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari  Tolibjon Madumarov, Komissiya a’zosi, Oliy Majlis Senati a’zosi Enaxon Siddiqova, xalq deputatlari viloyat Kengashining reglament va deputatlik odobi doimiy komissiyasi raisi Alisher Toshmatov, viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Abdushokir Abdurahmonov va boshqalar  masalaiing muhokamasi chog‘ida xalq deputatlari Sirdaryo viloyati, tuman va shahar kengashlari hamda ularning doimiy komissiyalari tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish va mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yanada takomillashtirish, hujjatlarning lozim darajada yuritilishini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi qayd etildi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tuzilmalar rahbarlarining hamda mansabdor shaxslarining kengashlar qarorini ijro etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish tavsiya etildi.

Muhokama yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy xokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining tegishli qarori qabul qidindi.

 

Ortiq SULTONOV.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
Yanvar 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Dek    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×