Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 3

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

“Elektron hukumat” tizimi doirasidagi ishlar

“Elektron hukumat” tizimi ishtiroki doirasida o’tkaziladigan tadbirlar

RO’YXATI (DOC, 85 kb)


Ochiq ma’lumotlarni shakllantirish bo’yicha video seminar tashkil etildi

28.06.2016

Joriy yilning 28 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda mahalliy davlat boshqaruvi organlari hamda Kompyuterlashtirish markazlari rahbarlari uchun ochiq ma’lumotlarni shakllantirish bo’yicha seminar tashkil etdi.

Seminarda ochiq ma’lumotlar, xususan ochiq ma’lumotlar jamlanmasini shakllantirish, ma’lumotlar pasportini to’ldirish va ularni Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirish yuzasidan ishtirokchilarga bilim va ko’nikmalar berildi.

O’zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali davlat organlarining aholiga ma’lum qilinishi mumkin bo’lgan axborot-ma’lumotlarni taqdim etuvchi manbaa bo’lib, ayni kunda tizimga viloyati hokimligi faoliyati to’g’risidagi 56 turdagi ma’lumot jamlanmalari joylashtirildi, ulardan foydalanish ko’rsatgichi 28802 tani tashkil etadi.

Mazkur ma’lumotlarning e’lon qilib borilishi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini, fuqarolarning axborotga bo’lgan ehtiyojini, konstitutsiyaviy haq-huquqlarini ta’minlashda muhim o’rin egallamoqda.

Shuningdek viloyat hokimligi veb-saytida data.sirdaryo.uz bo’limi yaratilgan va 49 ta dan ortiq ma’lumotlar joylashtirilgan.

Ayni kunda viloyat kompyuterlashtirish markazi tomonidan ma’lumotlar sonini oshirish va yangilash bo’yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o’rinbosari janob Kim Nam Sok Sirdaryo viloyatiga tashrif  buyurdi

26.05.2016

Joriy yil 26 may kuni Bosh vazir birinchi o’rinbosari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida respublika hududlariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o’rinbosari janob Kim Nam Sok Sirdaryo viloyatiga tashrif  buyurib, viloyat hokimligi raxbariyatini bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida viloyat hokimi o’rinbosari – AKT bo’yicha mas’ul (B.Bo’ronov) boshchiligida , Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi (B.Xidirov), “O’zbektelekom” AK Sirdaryo filiali (A.Arziqulov), viloyat hokimligi xuzuridagi “Kompyuterlashtirish markazi” (A.Burxanov) raxbarlari ishtirokida viloyatda AKTni joriy etish va rivojlantirish, Elektron hukumat tizimi doirasi olib borilayotgan ishlar xolati, shuningdek viloyatda AKT sohasida kadrlar malakasini oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.


“E-hukumat” doirasida davlar organi hamda fuqarolar, tadbirkorlar o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar berildi

26.03.2016

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari hamda mahalliy ekspertlar ishtirokida “Samarali davlat boshqaruvida “elektron hukumat” yo‘nalishida o‘tkazilgan tadqiqot, xulosa va tahlillar o‘rin olgan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi:

– Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish;

– Davlat xaridlarini amalga oshirishda elektron tanlovlarni joriy qilish;

– Ko‘chmas mulkka egalik qilish huquqini elektron ro‘yxatga olish;

– “E-hukumat” yo‘nalishida jamoatchilik bilan ishlash;

Taqdimot natijalari va xulosalari yuzasidan ochiq muhokama o‘tkazilib, davlat organlarining mas’ul mutaxassislarining e-hukumatni joriy qilish yuzasidan loyihalarni amalga oshirish, mamlakatda biznes uchun yanada qulay muhitni yaratishda elektron munosabatlarning o‘rni, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorlgini ta’minlash, amalga oshirilayotgan yangiliklardan aholi xabardorligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalari tinglandi.


“Elektron hukumat” tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oldida turgan dolzarb masalalari muhokama qilindi

18.03.2016

2016 yil 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Elektron hukumat” tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oldida turgan dolzarb masalalar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning iyun oyida kuchga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunining mazmun- mohiyatini keng targ‘ib qilish, keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish, davlat idoralari oldida turgan vazifalarni belgilab olish maqsadida bugungi kunda qo‘shma rejali chora-tadbirlar asosida ishlar amalga oshirilmoqda.

Seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ma’sul raxbarlari va xodimlari, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi huzuridagi jamoat ekspert guruhi a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vaqillari, shuningdek keng doiradagi axborot-kommunikatsiya sohasining mutaxassislari ishtirok etdilar.

2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekishi jamiyatimizda idoralararo, idoralar va fuqarolar, tadbirkorlar o‘rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro manfaatlarining mustahkam himoyalanishi, Internet tarmog‘ida ta’lim-tarbiyaviy, foydali kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta o‘zgarishlarning keng qamrovli yangi bosqichini boshlab berdi.

“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizda “elektron hukumat” tizimini joriy qilish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati aniq ifodalab beruvchi me’yoriy hujjatdir. Uni amalda tatbiq etish davlat organlarining faol ishtirokini talab qiladi. Sababi davlat organlari “elektron hukumat” sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirib, mazkur yo‘nalishdagi dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etishlari belgilab berilgan. Davlat idoralarining “elektron hukumat” sohasida axborot tizimlari va axborot resurslarini, shuningdek interaktiv davlat xizmatlarini ishlab chiqishi, ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholiga masofadan turib sifatli xizmat ko‘rsatish qonunda belgilangan.

Seminarda xalqaro tajriba va jahon amaliyotida “elektron hukumat”ga oid qonunchilikning amalda tatbiq qilinishi, hujjat mazmun-mohiyatini fuqarolar o‘rtasida targ‘ib qilishning uslubiy va texnik tavsiyalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Qonunning maqsad hamda vazifalari, asosiy tushunchalari, “elektron hukumat” tizimining asosiy prinsiplari, uning ishini tashkillashtirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga qo‘yiladigan talablarga oid normalar qayd etilgan. Shuningdek, Qonunda “elektron hukumat” infratuzilmasi, mazkur sohadagi davlat boshqaruvi, davlat organlarining “elektron hukumat” tizimi doirasidagi o‘zaro hamkorligiga oid munosabatlar tartibga solinishi belgilangan.

Qonunning asosiy vazifasi – davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish. Shu bois, unda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga solingan.

Bu esa davlat xokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tegishli normativ-huquqiy xujjatlarni o‘z vaqtida va to‘liq qabul qilish, elektron davlat xizmatlari reglamentlari, axborot tizimlari, axborot resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan idoraviy dasturlarni o‘z vaqtida ishlab chiqish va tasdiqlashni, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi to‘liq axborotlarni aholiga to‘liq taqdim qilish, davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining rasmiy saytlari faoliyatini yanada takomillashtirishni, o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishni talab qiladi.

Seminarda davlat idoralari mas’ullarining e’tibori ayni mana shu jihatlarga qaratildi.


Elеktron hukumatning qulayliklari

3.02.2016

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etishga, kompyutеr xavfsizligi, axborot xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor qaratib kеlinmoqda.

Mazkur soha va yo’nalishda qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu tashabbuslardan kеlib chiqib, O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5 martdagi ”Mahalliy hokimlik organlarida axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish samaradorligi, aholiga, shuningdеk korxona, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarga ko’rsatilayotgan intеraktiv davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida”gi 64-son yig’ilish bayoni ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimining 2013 yil 17 aprеldagi 99-son qarori tasdiqlangan. Mazkur qaror ijrosi taminlanishini o’rganish bo’yicha ishchi guruhlar tashkil etilgan, ”Viloyat axborotlashtirish Kеngashi” tuzilgan va uning asosiy vazifalari tasdiqlangan.

Prеzidеntimizning 2013 yil 27 iyundagi “O’zbеkiston Rеslublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash yuza­sidan bеlgilangan dasturlar asosida elеktron hukumat ti­zimini shakllantirish, tadbirkorlik sub’еktlari va aholiga intеraktiv davlat xizmatlari ko’rsatishning elеktron shakllarini joriy etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

2013 yilning 1 iyul kuni mamlakatimizda “Elеktron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish yo’lida yana bir muhim voqеa yuz bеrdi. Intеrnеtdagi my.gov.uz manzilida Yagona intеraktiv dav­lat xizmatlari portali ishga tushirildi. Portal orqali 600 ga yaqin davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aholi va tadbirkorlarga 250 dan ortiq elеktron xizmatlar ko’rsatilib kеlinmoqda. Intеrnеt tarmog’ida Sirdaryo viloyati hokimligining sirdaryo.uz vеb-sayti ochilib, foydalanuvchilarta 12 tadan ortiq intе­raktiv xizmatlar havola etil­gan.

Hokimliklarda elеktron axborot xizmatlarining jo­riy etilishi tufayli mahalliy davlat boshqaruvi organ­lari faoliyati haqida aholi xabardorligimi taminlash, aholiga davlat xizmatlari ko’rsatish bo’yicha xodimlarda ijobiy samaralarga erishildi.

2015 yil 9 dеkabrda O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov O’zbеkiston Rеslublikasining “Elеk­tron hukumat to’g’risida”gi qonuniga imzo chеkdi va maz­kur qonun shu yil 10 dеkabr­da rasmiy matbuotda e’lon qilindi. Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o’tgach kuchga kirishi qonun matnida bеlgilab qo’yilgan.

Avvalo, elеktron xukumat nima, intеraktiv davlat xizmati nima, dеgan savollar o’quvchilarni qiziqitirishi e’tiborga olinib. mazkur qonunda ana shu tushunchalarga izohlar bеrilganini ta’kidlab utish joiz. Qonunning 3- moddasida:

elеktron xukumat – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari­ni ?ўllash yўli bilan davlat xizmatlari kўrsatishga doir faoliyatini, shuningdеk idoralararo elеktron xamkorlik kilishni ta’minlashga karatil- gan tashkiliy-xukukiy chora-tadbirlar va tеxnik vositalar tizimi;

davlat xizmati – ariza bеruvchilarning so’rovlariga ko’ra amalga oshiriladigan. davlat organlarining vazifalarini bajarish bo’yicha ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmat. Agar konun xujjatlariga muvofiq davlat xizmat­lari ko’rsatish funktsiyalari

boshka tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo’lsa, ular ham davlat xizmatini kursatishlari mumkin, dеb ta’rif bеrilgan.

Davlat organlari faoliyatining ochikligi va shaffofligini, ko’rsatilayotgan xizmat­lar tеzkorligini taminlash yulida amalga oshirilayotgan ishlarning huquqiy asosi “Elеktron xukumat to’g’risida”gi mazkur qonunda mustahkamlab qo’yilgan. Jumladan, konunning 4-moddasida elеktron hukumatning asosiy vazifalari “Davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tеz­korligini va shaffofligini taminlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini, kuchaytirish, axoli va tadbirkorlik sub’еktlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo’shimcha mеxanizmlarini yaratish”, dеb bеlgilab kuyilgan.

Viloyat hokimligining rasmiy vеb-sayti sirdaryo.uz aholi va tadbir­korlik subеktlariga ko’rsa­tilayotgan intеraktiv xizmat­lar yagona portali bilan bog’lanib imkoniyati chеklangan fuqarolar, mobil aloqa uskunalaridan foydalanuvchilar, ariza va shikoyat bilan murojaat qiluvchilar uchun ham yangi imkoniyatlar yaratilgani aynan shu qonunda bеlgilangan mе’yorlarga javob bеradi.

Ayni paytda tadbirkorlarga qo’shimcha qulayliklar yara­tish maqsadida barcha shahar va tumanlarda “Yagona darcha” markazlari tashkil etildi. Ular axborot-kommunikatsiya va muhandislik tеxnologiyalari bilan jihozlandi, intеr­nеt tarmog’iga ulandi, kadrlar bilan taminlandi va boshqa tashkiliy ishlar amal­ga oshirildi.

Viloyatdagi barcha tashkilot va muassasalarda xodimlarning AKT sohasida malakasi­ni oshirish maqsadida yuksak tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar ishtirokida sеmimar-trеninglar, o’quv mashg’ulotlari o’tkazilmokda. O’zaro tajriba almashish kеng yo’lga qo’yilmoqda.

Baxodir XIDIROV, O’zbеkiston Rеspublikasi Axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i.

 

 

1,018

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil I chorak:

Jami: 172

Ko'rib chiqilgan: 111 (82 %)

Jarayonda: 31 (18 %)

Videolavha
 
Dekabr 2017
M T W T F S S
« Nov    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

  • 1985-yildan 1992-yilga qadar Toshkent avtomobil-yo`llar insituti talabasi (1986-1988 yillarda Harbiy xizmatda).
  • 1992-1993 yillarda Sirdaryo viloyati avtomobil-transport parki dispetcheri.
  • 1993-1995 yillari Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi militsiya uchastka inspektori, davlat avtomobil nazorati bo`limi katta muhandisi.
  • 1995-1999 yillarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumai ichki ishlar bo`limi navbatchilik qismi katta inspektori.
  • 1999-2004 yillari Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi jinoyat qidiruv bo`limi tezkor vakili, jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi tezkor vakili.
  • 2004-2005 yillarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`ining birinchi o`rinbosari – jinoyat qidiruvi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi boshlig`i.
  • 2005-yildan 2007-yilgacha Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i.
  • 2007-2008 yillarda Sirdaryo viloyati Boyovut tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i.
  • 2008-2010 yillarda Sirdaryo viloyati ichki ishlar bo`limi boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari.
  • 2010-yildan Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi.

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

  • 1984-yildan 1991-yilga qadar Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti talabasi (1984-1986 yillar. – harbiy xizmatda)
  • 1991-1992 yillarda Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” boshqarmasi ustasi.
  • 1992-1999 yillari Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” boshqarmasi “Po`latmontaj” uchastkasi ustasi, 5-razryadli montajchisi, 2-uchastka prorabi, uchastka boshlig`i.
  • 1999-2001 yillarda Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari.
  • 2001-2004 yillari “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” sho`ba xo`jalik jamiyati boshlig`i o`rinbosari.
  • 2004-2005 yillarda Andijon vioyati “Sanoatenergomontaj” ma`suliyati cheklangan jamiyati direktori o`rinbosari.
  • 2005-2010 yillarda “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar “Po`latmontaj” sho`ba korxonasi direktori.
  • 2010-2013 yillarda “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati Andijon viloyati “Po`latmontaj” sho`ba korxonasi direktori.
  • 2013-2014 yillarda “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari.
  • 2014-yildan Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

  • 1990-1995 yillari Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
  • 1996-1997 yillarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani  «Agroxizmat» uyushmasi maslahatchisi.
  • 1997-yildan 1997-yilga qadar Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani qishloq qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi «Dehqonchilikda yangi texnologiya qo`llash» bo`limi boshlig`i.
  • 1997-2001-yillari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani «Bahor» shirkat xo`jaligi agronomi.
  • 2001-2004-yillarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani qishloq xo`jalik bo`lmi boshlig`i.
  • 2004-yildan 2007-yilgacha Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo`jalik va obodonlashtirish majmuasi bosh mutaxassisi.
  • 2007-2008-yillari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani qishloq va suv xo`jaligi bo`limi boshlig`i.
  • 2008-2009-yillarda O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi qishloq xo`jaligi ekinlari navlarini sinash komissiyasi raisi o`rinbosari.
  • 2009-yildan 2010-yilgacha Sirdaryo viloyati Qishloq xo`jaligi va suv boshqarmasi boshlig`ining agrotexnologiya masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari.
  • 2010-2013-yillari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimi.
  • 2013-yildan Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimi.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

  • 1989-1994 yillari Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi.
    1994-1995 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer qurilish-iqtisodiyot bilim yurti o`qitivchisi.
    1995-1996 yillari Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimligi qoshidagi yakka tartibdagi uy-joy qurilishi bo`limi loyihachisi.
    1996-1997 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimligi qoshidagi “Kooperativ va yakka tartibda uy-joy qurilish” bo`limi bosh muhandisi.
    1997-1997 yillari Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar yer kadastr bo`limi boshlig`i o`rinbosari.
    1997-1997 yillarda “Mirzacho`lmelioqurilish” trestiga qarashli 44-mehanizatsiyalashgan ko`chma kollona loyihachisi.
    1997-yildan, 1999 yilgacha “O`zbekgazsuvqurilish” aktsiyadorlik jamiyati Sirdaryo qurilish-montaj boshqarmasi dispetcheri, ishlab chiqarish bo`limi yetakchi muhandisi.
    1999-2000-yillari Yangiyer shahar kasb-hunar kolleji o`qituvchisi.
    2000-2001 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar me`morchilik va shaharsozlik bo`limining xo`jalik hisobidagi guruhi muhandisi.
    2001-2003 yillari Sirdaryo viloyati arhitektura va qurilish bosh boshqarmasi Yangiyer shahar bo`limi bosh arhitektori o`rinbosari.
    2003-2011 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar bosh arhitektori.
    2011-yildan, 2013 yilga qadar Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo`jalik va obodonlashtirish masallari bo`yicha birinchi o`rinbosari.
    2013-yildan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

  • 1979-1984yillar. – Toshkent davlat universiteti talabasi
  • 1984-1985 yillar. – Sirdaryo viloyati non ishlab chiqarish  boshqarmasi huquqshunosi.
  • 1985-1985 yillar. – Sirdaryo viloyati Guliston non qabul qilish korxonasi huquqshunosi.
  • 1985-1987 yillar. – Sirdaryo viloyati Xovos tumani prokurorining yordamchisi lavozimizda ish o`rganuvchi.
  • 1987-1991 yillar. – Sirdaryo viloyati Xovos tumani prokurorining yordamchisi.
  • 1991-1993 yillar. – Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar prokuroraturasi katta tergovchisi.
  • 1993-1994 yillar. – Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani prokurori yordamchisi.
  • 1994-1997 yillar. – Sirdaryo viloyati prokuroraturasi umumiy bo`limi prokurori.
  • 1997-1997 yillar. – Sirdaryo viloyati prokurorining sudlarda fuqarolik ishlari ko`rilishida prokuror vakolatini ta`minlash katta yordamchi vazifasini bajaruvchisi.
  • 1997-2004 yillar. – Sirdaryo viloyat prokuroraturasi umumiy nazorat bo`limi prokurori.
  • 2004-2004 yillar. – Sirdaryo viloyati prokuroraturasi fuqarolarning huquq va erkinliklari,jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish bo`limi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi.
  • 2004-2008 yillar. – Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani prokurori.
  • 2008-2009 yillar. – O`zbekiston Respublikasi bosh prokuroraturasi xo`jalik sudlarida ishlar ko`rilishida prokuror vakolatini  ta`minlash bo`limi boshlig`inning o`rinbosari.
  • 2009-2011 yillar. – Sirdaryo viloyati prokuroraturasi iqtisodiy jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish bo`limi boshlig`i
  • 2011 yildan.  – Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hokimi

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

  • 1982-1987-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi.
    1987-1991-yillari Jizzax viloyati Zafarobod tumani xo`jalik kanali boshlig`i.
    1991-yildan 1995-gacha Jizzax viloyati Zafarobod tumani suv xo`jaligi birlashmasi tumalararo kanallar boshqarmasi uchastka boshlig`i.
    1995-1998-yillari Jizzax viloyati Zafarobod tumani xo`jaligi bosh irrigatori.
    1998-2000-yillda Jizzax viloyati Zafarobod tumani qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari.
    2000-yildan 2001-yilgacha Jizzax viloyati Zafarobod tumani qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`i, “Turon” shirkat xo`jaligi boshqaruvchisi.
    2001-2002-yillarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumani qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari.
    2002-2004-yillari Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hokimining birinchi o`rinbosari-tuman qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`i.
    2004-2006-yillar Sirdaryo viloyati Sardoba tumani qishloq va suv xo`jaligi bo`limi boshlig`i
    (2004-2005-yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi).
    2006-yildan hozirgacha Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hokimi.
     

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×