Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 12

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Elektron hukumatni rivojlantirish markazi

 “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hukumat qaroriga asosan (16-sentyabr 2013-yilning № 250 VMQ)  tashkil etilgan bo‘lib, asosiy vazifalari quyida keltirilgan:

  • Jumladan, jahon tendensiyalari va xorijiy davlatlar tajribasining tahlil va tadqiqoti asosida “Elektron hukumat” tizimini keyinchalik rivojlantirish va takomillashtirishni strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
  • “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashda kelishilgan loyihalashtirish mexanizmini ko‘zda tutadigan “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;
  • Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, innovatsion biznes jarayonlarini boshqarish mexanizmlarini joriy qilish, takomillashtirish va optimizatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash, davlat organlarining funksional va operatsion jarayonlari faoliyatini tizimli qayta tashkillantirish;
  • “Elektron hukumat” tizimini samarali tatbiq qilish uchun yo‘naltirilgan tahlilni o‘tkazish va amaldagi me’yoriy- huquqiy bazalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • “Elektron hukumat” tizimi miqyosida davlat organlari faoliyatidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligini baholash tizimini joriy etish, tizimli monitoring o‘tkazish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holatini baholash, shu jumladan, axborot texnologiyalari va resurslari samaradorligini joriy etilganligini o‘rganish;
  • “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirish doirasida yo‘naltirilgan indikatorlar va ko‘rsatkichlarni aniqlash, Interaktiv davlat xizmatlarini samarali taqsimlanishi va foydalanishining asosiy ko’rsatkichlarini aniqlash metodikasini ishlab chiqarish;

O‘zbekistonda Elektron hukumatni joriy qilishning yakuniy maqsadi, quyidagilardan iborat: hamda u mukammal davlat boshqaruvi elektron apparatini yaratish hisoblanadi: interaktiv xizmatlarini taqdim etilish imkoniyatlarininh kengligi; hukumat organlari faoliyati hisobotlarining berib borilishi va oydinligi; xizmatlardan oson foydalanish imnkoniyatlari va yakka tartibligi; siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faol ishtiroki va xabardorligi; erkin axborot almashuvi; aholi va tadbirkorlik faoliyati uchun davlat xizmatlarini taqdim etishda qulay sharoitlar yaratish; fuqarolarni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirilishini qo’llab-quvvatlash; barcha saylovchilarni boshqaruv jarayonlarda va davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

MARKAZ TUZILMASI 

struktura.jpg

 KADRLAR SALOHIYATI

“Elektron hukumat” ni rivojlantirish markazi o‘z tuzilmasiga ko‘ra 7 ta departamentdan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘z vazifasiga va bir qancha bo‘limlariga egadir.

Strategik rivojlantirish va prognozlash departamenti ushbu tizim rivojlanishida halqaro an’analarga mos asosiy yo‘nalishlarni aniqlash va “Elektron hukumat” tizimini istiqboldagi rivojlanish rejalarini ishlab chiqish hamda tizimni mustahkamlash uchun maxsus tadqiqotlar olib borish, faktlarni yig‘ish va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi;

Operatsion va funktsional jarayonlarni maqbullashtirish departamenti mavjud jarayonlarni tahlil qilish va davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari faoliyati bilan bog‘liq operatsion va funktsional tizimli takliflarni ishlab chiqish, “Elektron hukumat” tizimi doirasida fuqarolarga va tadbirkorlik sub’ektlariga taklif etiladigan davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarini taklif etish va ulardan foydlanish samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichlarini aniqlash uslublarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi;

AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamenti vazifasiga davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash, joylardagi mahalliy hokimiyatlarda hamda mintaqalarda AKT holati bo‘yicha monitoring o‘tkazish kiradi.

“Elektron hukumat” axborot tizimlarini rivojlantirish departamenti vazifasiga ko‘ra elektron xukumat va axborot tizimlari arxitekturasini rivojlantiradi, shuningdek axborot tizimlarini ekspertizadan o‘tkazadi.

“Elektron hukumat” tizimining axborot resurslarini rivojlantirish departamenti vazifasiga elektron hukumatning markazlashgan ma’lumotlar bazasini, idoraviy axborot resurslari va interaktiv xizmatlarning yagona portalini rivojojlantirish kabilar kiradi.

Hududlarda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish departamenti kompyuterlashtirish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini rivojlantirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Boshqa departamentlar bilan bir qatorda, markazda shuniningdek, ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti ham faoliyat ko‘rsatib, u o‘z vazifasiga ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining maxsus bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish kiradi. Yuqorida qayd etilgan departamentlardan tashqari Markaz tarkibida elektron hukumat loyihalarining amalga oshirilishini moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilish, xalqaro va ma’muriy xo‘jalik kabi boshqa bo‘limlar ham faoliyat olib boradi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Korparativ boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi

Viloyat tashkilotlarining elektron ma`lumotnomasi

1 659

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
Aprel 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Mar    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×