Jismoniy shaxslar murojaatlarini ko’rib chiqish

chop etish

Xizmat haqida

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.


Xizmatning sohaga tegishliligi

Barcha sohalar uchun.


Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar.


Xizmat reglamenti

Fuqarolar murojaatlarini ko’rib chiqish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek arizalarni qabul qilishni tashkil qilish interaktiv xizmati reglamenti (PDF 0.99 mb)


Bog`lanish

Sirdaryo viloyat hokimligi umumiy bo`lim mudiri

Normatov Sherzod Abdunazarovich

Manzil: Guliston shahri, Mustaqillik ko’chasi 60 – uy

Telefon: 0 (367) 225-0678

ID: shnoriyev.id.uz

E-mail: shnoriyev@umail.uz

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Bepul.


Xizmatni ko`rsatish muddati

Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddat ichida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o’n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi.

Natijani olish usullari

Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlari ularda qo’yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoki bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.

Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o’z vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli.

Voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini ko’zlab ariza, taklif va shikoyat ularning vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.


Xizmat natijasi

Fuqaroning murojaatini ko’rib chiqqan davlat organi unga murojaatni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida va qabul qilingan qarorning mohiyati haqida yozma shaklda xabar qilishi shart.


Rad etish sabablari

Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilmagan yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko’rsatilgan murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko’rib chiqilmaydi.


Shikoyat arizasi berish tartibi

Ariza yoki shikoyat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor shaxsi, agar fuqaro qarorga rozi bo’lmasa, unga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.