Fuqaro murojaatlari bilan ishlash bo’yicha ma’sul shaxs:
Sirdaryo viloyati hokimligi huquqshunosi
Noriev Shuhrat Davlatovich
Manzil: Guliston shahri, Mustaqillik ko’chasi 60-uy
Telefon: 8 (367) 225-0678
ID: shnoriyev.id.uz
E-mail: shnoriyev@umail.uz
Viloyat hokimligi apparatida jami 41 kishi faoliyat ko`rsatadi. Bular viloyat hokimi, hokimning besh yo`nalish bo`yicha o`rinbosarlari, ularning besh nafar mutaxassisdan iborat kotibiyatlari, axborot-tahlil guruhi, tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha guruh, umumiy bo`lim va ishlar boshqarmasidan iborat.
Bo`linmalar faoliyati ularning rahbarlari tomonidan viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida tashkil etiladi.
Viloyat hokimligi apparati:
– sohalar va hududlarda o`tkazilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlarning amalda bajarilishini ta`minlaydi;
– hokimlik muhokamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalarini belgilangan muddatda ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Yuqori tashkilotlar hamda hokim qaror va farmoyishlarining mahalliy boshqaruv organlari hamda idoralari tomonidan o`z vaqtida bajarilishini ta`minlaydi va nazoratini tashkil qiladi;
– bo`lim, guruh va kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar bo`yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi va hokimlikka tushgan axborot, taklif va mulohazalarni umumlashtiradi.
Viloyat hokimligi apparati bo`linmalari faoliyatiga viloyat hokimi va hokim o`rinbosarlari rahbarlik qiladi. Ularning ichki apparat va hujjatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.