Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 12

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining 2014 yil 8 mart – xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda so‘zlagan nutqi

O‘zbekiston respublikasi oliy majlisi senati a’zosi, viloyat hokimi

  Oybek ASHURMATOVning

8 mart –  Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Navro‘z” to‘yxonasida o‘tkazilgan tantanali tadbirda so‘zlagan  NUTQI

 

    2014 yil 6  mart                                    Guliston shahri   

                                             

Hurmatli tadbir qatnashchilari, muhtarama ayollar,

aziz opa-singillar!

 

Mamlakatimizda muhtaram Yurtboshimiz rahnamaoliklarida ayolga, onaga ehtirom davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki Vatanga eng munosib ta’rif, shak-shubhasiz – Ona siymosidir. Shunday ekan, ayolni e’zozlash, azaldan ham qadriyat, ham fazilat, ham ezgu munosabatdir.

Mustaqillik yillarida Prezidentimiz ayollarga, xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat, ehtirom darajasini eng yuqori cho‘qqilarga ko‘tardilar, desam hech mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yurtimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy faolligini oshirish, kasbiy-jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, oilaning moddiy ahvolini yaxshilash, tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish, sog‘lom oilani shakllantirish uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlarning barchasida ayolga, uning oilasi va farzandlariga alohida mehr, e’tibor mavjud.

Muhtaram Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza-larida ayolning baxtli hayotini ta’minlash masalasiga alohida urg‘u berdilar, ya’ni, aytdilarki: “Qachon ayol hayotdan rozi bo‘ladi? Qachonki oilasi tinch, ro‘zg‘ori farovon bo‘lsa, ertangi kundan ko‘ngli to‘q bo‘lsa.” Hammamiz yaxshi bilamiz, hayot tashvishsiz bo‘lmaydi, lekin shu tashvishlar kamroq bo‘lsa, engilroq bo‘lsa, ana shunda ayol hayotdan rozi bo‘ladi.”

2014 yil “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi.

Chunki har bir oilaning tinchligi, xotirjamligi farzandlarini sog‘-salomatligida, jismonan va ma’nan barkamol bo‘lib unib o‘sishidadir, deb hisoblayman.

Mustaqillik yillarida o‘tgan yillarning ko‘pchiligini muhtaram Prezidentimiz oilaga, ayollari-mizga bag‘ishlaganlarini yaxshi bilamiz. “Oila yili”, “Ayollar yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Mustahkam oila yili”, “Barkamol avlod yili” kabi davlat dasturlarining ijrosi tufayli xotin-qizlarimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning eng  faoliga aylana oldilar.

Misol uchun, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatib turgan 3319 ta fermer xo‘jaliklarining 1257 tasi o‘tgan yili paxta tayyorlash shartnoma-rejasini bajarmagan bo‘lsa, ularning orasida 121 fermer opa-singillarimizning nomlari yo‘q. Demak, oriyatda, g‘ururda ular erkaklarga ham namuna bo‘lyaptilar desak, xato bo‘lmaydi.

Viloyatda eng yaxshi fermer kim desak – ko‘z oldimizga oqoltinlik Qurbongul opa Mamadalieva keladi. Respublikamizda yosh fermerlik harakatini boshlab bergan boyovutlik “sinchalak” qizimiz Feruza Jo‘raeva o‘tgan yili muhtaram Yurtboshimizning Farmonlari bilan “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘ldi.

 Qadrli opa-singillar!

 Viloyatimiz aholisining52 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. Yangi ish o‘rinlari yaratayotganimizda, birinchi navbat-da, ularni ishga joylashtirishni nazarda tutamiz. 2013 yilda viloyatimizda 40486 ta ish o‘rni vujudga keltirilgan bo‘lsa, shuning 16414 tasida bugun xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatmoqda.Kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar soni 1200 nafardan oshdi. Oilaviy tadbirkorlar soni 762 taga etdi.

2013 yilda 1011 nafar ayol-tadbirkorlarga 13 milliard 423 million so‘m kredit ajratildi.

Yangiyerlik Erkinoy Mamajonova, Shirinshahridan Nilufar Rahmonqulova, mirzaobodlik Ra’no Nishonova kabi ko‘plab tadbirkor opa-singillarimiz viloyatimiz iqtisodiy yuksalishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Iste’dodli qizlar – yurtimiz baxti. Prezidentimiz tashabbuslari bilan ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, sport sohasida muvaffaqiyat qozonayotgan, a’lo xulqli va yuksak iqtidorli qizlarga ko‘rsatilayotgan beqiyos rag‘batdir. Bugun respublika-mizda ular­ning soni 196 nafarga yetgan bo‘lsa, viloyatimizda 14 nafarni tashkil qiladi. Ular bugun viloyatimiz faxriga aylanib qolishgan.

Sportda erishayotgan muvaffa-qiyatlarimizda xotin-qizlarning o‘rni beqiyos. Keyingi o‘n yil ichida viloyatimizda sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi  o‘quvchilar soni 2,4 martaga oshgan bo‘lsa, sportchi qizlarimizning soni 3,5 baravarga ko‘paydi yoki  11 ming  nafarga etdi.

Hozir viloyatda 1530 tadan ziyod sport maydoni va inshooti mavjud. SHuning 325 tasi sport zali hisoblanadi. Qizlar  1513 ta sport seksiyalarini o‘zida birlashtirgan 25 ta sport turida muntazam ishtirok etib kelmoqdalar.

Viloyatimizda tug‘ilib, voyaga etgan, sizdek opa-singillarimizning tarbiyasini olgan shaxmat bo‘yicha 15 marta O‘zbekiston chempioni, Osiyo chempioni Sarvinoz Qurbonboeva, shashka bo‘yicha ilk ayol – grossmeystr Sayyora Yuldosheva mamlakatimiz  faxriga aylanib qoldi.

 Muhtarama onajonlar, aziz opa-singillar!

 Bugun muhtaram Yurtboshimiz Islom Abug‘anievich Karimovning sizlarni, sizlar orqali barcha sirdaryolik ayollarni  bayram bilan samimiy qutlovlarini etkazishdan mamnunman va o‘zim uchun katta sharaf, deb bilaman.

Yana  bir bor sizlarni bahor va nafosat ayyomi – 8 mart bayrami bilan chin yurakdan samimiy  tabriklayman. Sizlarga baxt-saodat, farovon turmush tilayman. Xonadonlarimizdan xursandchilik,  qut-baraka arimasin!

Osmonimiz hamisha musaffo, yurtimiz tinch, Yurtboshimiz omon bo‘lsinlar!

 

E’tiborlaringiz uchun katta rahmat.

 

 

 

 

 

 

 

791

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Noyabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Okt    
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×