Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 3

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining 2015 yil 8 mart – xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda so‘zlagan nutqi.

Sirdaryo viloyati hokimi

Oybek ASHURMATOVning

8 mart – Xotin-qizlar bayrami

munosabati bilan o‘tkazilgan tantanada so‘zlagan  

NUTQI 

Guliston shahri                         2015 yil 7 mart

 Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar, aziz opa-singillar!

 Bugun bahorning ilk kunlarida hammamiz sabrsizlik bilan kutadigan ayni ana shu kunlarda dilimizdagi eng ezgu tilaklarni aytish uchun muhtarama onaxonalarimiz, aziz opa-singillarimizning 8-mart bayramini tantanali ravishda nishonlamoqdamiz.

Ana shu qutlug‘ ayyom bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun viloyatimiz xotin-qizlarini chin qalbimdan tabriklash, barcha-barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ehtiromimni bildirishga ruxsat bergaysizlar.

Kuni kecha Muhtaram yurtboshimiz viloyatimizga tashrif buyurib faollar bilan uchrashar ekan eng avvola siz ayollar xaqida to‘xtalib, “dunyoda shunday bayram bo‘lmasa agar, biz albatta o‘zimiz shu bayramni tashkil qilar edik, xursandchilikni o‘zimiz yaratib yashashimiz kerak” dedilar bu siz ayollarga bo‘lgan yurtboshimizning chuqur ehtiromi va cheksiz hurmatlari belgisidir.

Vatanga, oilaga, hayotga va kelajakka ehtirom – ayolga, onaga ehtiromdan boshlanadi. Ayolini asragan el qudratli, onasini e’zozlagan farzandning tolei baland bo‘ladi.

Dunyodagi jamiki buyuk zotlar, jahongirlar go‘zal tabiatli onalar bag‘rida o‘sib-ulg‘ayishgan. SHu bois ham ayolini azaldan muqaddas bilib, unga hurmat-izzat ko‘rsatilgan.

 Qadrli opa-singillar!

 “Ayol go‘zal bo‘lsa olam go‘zal, Ayol baxtli bo‘lsa butun jamiyat baxtli bo‘ladi” degan so‘zning hayotimiz  falsafasiga aylanib borayotgani. Bizni  yanab bir bor Kecha kim edik-u, bugun  kim bo‘ldik degan hayotiy xaqiqat bilan dunyoga nazar tashlashga, kechagi kun bilan bugunni solishtirshga va bugungi tinch zamonamizga shukronalik qilishga undaydi.

Yaqin zamonlarni bir eslaylik, bu savolimizga javob tayin bo‘ladi. Ilgarilari o‘zbek ayoliga dala ishchisi, bola tarbiyachisi sifatida qaralgani hammamizning esimizda. Kunduzlari dalada ketmon chopib, tunlari beshik quchoqlab tong ottirgan ayollarimizning mashaqqatini hech kim tushunmadi. Uning orzu-umidlari sarobga aylandi, qobiliyati yuzaga chiqmay qolaverdi. Sog‘lig‘i haqida birov o‘ylamadi.

Bugun xudo bergan buyuk ne’mat mustaqillik tufayli bunday ko‘rimsiz manzaralarga chek qo‘yildi. Ayollarimiz chinakamiga e’zozu hurmat, qadr topdi. Bugun o‘zbek ayoli Senat a’zosi, rahbar, san’atkor, tadbirkor, o‘qituvchi, jahon chempioni, oila tayanchi va barkamol avlodning ulug‘ onasidir.

Biz eng go‘zal chiroyli narsalarni ayol siymosiga o‘xshatamiz, shu sababli ona Vatan deymiz.

Hayotda o‘z isbotini topgan haqiqat bor u ham bo‘lsa “faqat  sog‘lom onadan sog‘lom farzand tug‘iladi, faqat ma’rifatli ayolgina barkamol avlodni tarbiyalaydi”.

Shunday ekan oilalarimizning tinchi, farog‘ati ham, biz erkaklarning xotirjamligi ham, hayotimizning go‘zalligi ham, barakasi ham, farog‘ati ham latofati ham aynan siz bilan.

 Aziz va qadrli opa-singillar!

Bugun bu erga, mana shu muhtasham koshonaga viloyatimizning shahar-u tumanlaridan tashrif buyurgan siz, aziz onalarimiz, opa-singillarimiz, qizla-rimizni bayram bilan yana bir karra chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

E’tiborlaringiz uchun rahmat.

744

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Iyul 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Iyun    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×