Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 9

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining 2015 yil 14 yanvar kuni O. Xo‘jayev nomidagi viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 22 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanadagi ma’ruzasi.

«Vatan himoyachilari kuni» va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda viloyat hokimi O.Ashurmatovning 

NUTQI 

Assalomu alaykum Qadrli yurtdoshlar !

Hurmatli askar va ofitserlar,

 Vatan himoyachilari !

 Sizlarni va o‘z hayotini ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va olijanob ishga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan Himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining

23 yilligi bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun sirdaryo ahlini chin qalbimdan tabriklash, barcha-barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ehtiromimni bildirishga ruxsat bergaysizlar.

Bu yil xalqimiz, barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bo‘lgan shonli sana – O‘zbekiston mustaqilligining 24 yillik bayramini keng nishonlaymiz.

Ana shu yillar davomida bosib o‘tgan murakkab yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan, o‘zining ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra g‘oyat ulkan va noyob, tom ma’noda tarixiy ishlarimiz natijasida bugungi kunda O‘zbekiston zamonaviy, o‘z milliy armiyasiga ega bo‘ldi.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni qisqa davr ichida nafaqat harbiylar, balki armiyamiz safida muqaddas burchini ado etganlar va endigina xizmatga shaylanayotgan farzandlarimiz, qolaversa, barcha yurtdoshlarimizning eng aziz bayramlaridan biriga aylandi. Ushbu sananing keng miqyosda nishonlanayotgani xalqimizning el-yurt himoyachilariga bo‘lgan hurmat-ehtiromidan dalolat beradi.

Hurmatli tantana qatnashchilari!

 Davlatimiz va xalqimiz hayotida tom ma’noda tarixiy sana bo‘lgan ushbu ayyom haqida gapirar ekanmiz, milliy armiyaning bugungi O‘zbekiston davlatchiligining tiklanishi va rivojlanishidagi beqiyos o‘rni va ahamiyatini yuksak baholaymiz.

Mustaqillikning birinchi yillaridanoq O‘zbekistonimizning o‘z milliy armiyasini yaratish va takomillashtirishga jiddiy kirishildi.

Bu borada mustaqillik bergan imkoniyatlarni, o‘tgan zamon bilan solishtirib «KIM EDIGU KIM BO‘LDIK» degan hayotiy haqiqat bilan yondashib javob bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Jumladan:

Mustaqillikkacha o‘zbek yigitlari harbiy xizmatni aksariyati qurilish batalьonlarida o‘tashar, ularni til bilmaydi, murakkab harbiy texnikani eplay olmaydi,  degan bahona bilan boshqa qo‘shin turlariga xizmatga olishmas edi.

Qurilish batalьonida esa ikki yil g‘isht teruvchi, suvoqchi yoki bo‘yoqchilik bilan xizmatni o‘tab qaytar edi.

Bugun yigitlarimiz milliy armiyamizda zamonaviy texnika vositalarini boshqargan holda barcha qo‘shin turlarida harbiy xizmatni o‘tashmoqda.

Ilgari harbiy xizmatga yilda ikki marta chaqirilar va harbiy xizmatdan bo‘shatilar edi. Natijada ilgari xizmatga borganlar bilan yangi chaqirilganlar o‘rtasida ma’naviy–axloqiy muhitda nosog‘lomlik vujudga kelar edi. Bu juda ko‘plab noxush holatlar va fojealarga ham sabab bo‘lar edi. Natijada ota-ona uchun farzandini armiyaga kuzatish xuddi urushga kuzatishdek azobli va qayg‘uli edi.

O‘sha davrda harbiy xizmatni o‘tagan har bir kishi bu kabi misollarni o‘nlab keltirishi, yoki o‘zi ham bundan jabrlangan bo‘lishi mumkin.

Bugun, yigitlarni harbiy xizmatga tantanali kuzatish va kutib olish mustaqillik yillarida yaxshi an’anaga aylandi. Harbiy xizmat muddati bir yilga qisqartirildi. Bu esa armiyadagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga, turli yuqoridagi kabi illatlarni barham topishiga sabab bo‘ldi.

Harbiy xizmat yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol voyaga etkazadigan hayot maktabiga aylangani mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini yaqqol namoyon etmoqda.

Qurolli Kuchlarning tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan muddatli harbiy xizmatni o‘taganlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz berildi.

Demak, harbiy bo‘lishni istovchi yoshlar safi yil sayin kengayib, muhimi, ularning orzulari amalga oshmoqda.

Armiyaga xizmatga borish hayotda katta muvaffaqiyatlar uchun eshik ochmoqda. Armiya haqiqiy hayot maktabiga aylandi. Armiyaga kuzatish esa katta bayram, xursandchilik, oilaviy bayramga aylanmoqda.

Yoshlar harbiy kasbga katta havas va qiziqish bilan qarashmoqda. Bu oddiy qiziqish emas, ulardagi vatanparvarlik tuyg‘usining yuksakligi hamda Vatan tinchligi va daxlsizligi uchun o‘zlarini mas’ul deb bilishlarining ifodasidir.

Hurmatli bayram ishtirokchilari!

Yurtimizning mard o‘g‘lonlari sarhadlarimizni hushyorlik bilan qo‘riqlamoqdalar. Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan  askar  va ofitserlar xalqimizning tinch yashashi va mehnat qilishida kechayu-kunduz tinmay xizmat qilayotgan,  o‘rni kelganda tinchligimiz uchun jonini ham fido etayotgan barcha huquq-tartibot idoralari xodimlarining mehnatlarini alohida ta’kidlash lozim.

Yurtboshimizning shaxsan e’tiborlari tufayli  Qurolli Kuchlarimiz har tomonlama zamonaviy qurol-aslaha va harbiy anjomlar bilan ta’minlanmoqda.   Harbiylarimiz eng rivojlangan chet el mamlakatlari armiyalari bilan hamkorlikda o‘quv mashqlarini o‘tkazmoqdalar, askar va ofitserlarimiz chet ellarga borib  tajriba almashmoqdalar. Yigitlarimiz kuch g‘ayratda, bilim va harbiy mahoratda hech kimdan kam emasliklarini namoyish etmoqdalar.

 Aziz do‘stlar !

So‘zimni muhtaram YUrtboshimiz Islom Karimovning quyidagi so‘zlari bilan yakunlamoqchiman: “Vatanimiz tinchligini ko‘z qorachig‘idek asrash – nafaqat armiyamizning, balki barchamizning muqaddas burchimizdir!”

Bugungi tantanada qatnashayotgan harbiy xizmatchilarni, o‘z postlarida hushyor turgan harbiylarni va barcha yurtdoshlarimizni   Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga uzoq umr, sihat salomatlik tilayman.

 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo,

 Yurtboshimiz hamisha omon bo‘lsinlar!

 E’tiborlaringiz uchun rahmat!

 

1 138

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Noyabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Okt    
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×