Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 6

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Guliston tumani




Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Dehqonobod shaharchasi, Turkiston ko’chasi, 13-uy

Indeks: 120300
Telefon: 8 (367) 796-3030
E-mail: gulistontuman@sirdaryo.uz

F.I.Sh.

 

Lavozim

 

Hafta kunlari

 

Vaqt

 

Ibodullayev Abdumavlon Abduaxatovich

 

Tuman hokimi

 

Shanba

 

08:00-11:00

 

Haitov Muzaffar Hayrullayevich

 

Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari

 

Dushanba

 

08:00-11:00

 

Salimetov Baxtiyor Tulamatovich

 

Tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo’jalik va obodonlashtirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari

 

Seshanba

 

08:00-11:00

 

Jurayev Olimjon Urazaliyevich

 

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari

 

Chorshanba

 

08.00-11.00

 

Turdieva Oliya Abduvahidovna

 

Tumani hokimining o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi

 

Payshanba

 

08.00-11.00

 

QFY nomi Aholi soni Oilalar soni
1 Jami tuman bo’yicha 64 689 16 595
2 Dehqonobod SHFY 13025 3795
3 Oltintepa QFY 6742 1668
4 Nurobod QFY 6852 1801
5 Sohilobod QFY 4604 1142
6 Beshbuloq QFY 3985 975
7 Xumo QFY 4979 1320
8 Chortoq QFY 4196 966
9 Soyibobod QFY 5736 1316
10 Zarbdor QFY 6977 1602
11 Oltin o`rda QFY 7593 2010

Guliston tumani haqida

Guliston tumani 1952 yil 16 aprеlda tashkil topgan bo’lib, umumiy maydoni 349.6 kv.km. Tumanda jami 59.2 ming
kishi istiqomat qiladi.
Guliston tumani Boyovut, Sayxunobod, Mirzaobod tumanlari va Guliston shahri bilan chеgaradosh. Guliston tumanida 1 ta shaharcha, 9 ta qishloq fuqaro yig’inlari, 39 ta mahalla mavjud bo’lib, 2010 yil 1 yanvar holatiga band aholi soni 23.5 mingtani tashkil etib shundan 18.9 ming kishi moddiy ishlab chiqarishda va 4.6 ming kishi nomoddiy ishlab chiqarishda band.
2010 yilning 1 yanvar holatiga tuman bo’yicha jami 1686 ta xo’jalik yurituvchi subyеktlar ro’yxatga olingan bo’lib shundan 1275 ta fеrmеr xo’jaliklari, 1638 ta kichik korxonalar va mikrofirmalardir. 2009 yilda tumandagi sanoat korxonalari tomonidan jami 32,1 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib o’tgan yilga nisbatan o’sish sur’ati 134.5 %ni tashkil etdi. Shuningdеk 5.2 mlrd. so’m (116.5 %) xalq istе’moli mollari ishlab chiqarildi. 11.4 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi (170.3 %), 6.2 mlrd. so’mlik (111.4 %) qurilish ishlari amalga oshirildi. Yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti 44.9 mlrd. so’m (103.0 %), chakana savdo aylanmasi 13.7 mlrd. so’m (110.4 %), aholiga pulli xizmat ko’rsatish 2.4 mlrd. so’m (115.8 %), eksport xajmi 7.6 mln. AQSh dollari (67.7%) va import 1.3 mln. AQSh dollar (31.6 %)ni tashkil etdi.
Kichik biznеsni rivojlantirish uchun 2009 yil mobaynida jami 8270.9 mln. so’m, shu jumladan, 1410.1 mln. so’m qisqa muddatli va 6860.8 mln. so’m uzoq muddatli krеditlar ajratildi.
2009 yilda o’rtacha oylik ish haqi 393.9 ming so’mni tashkil etdi. 2010 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi 76.9 % tabiiy gaz va 76.1 % ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Shuningdеk, joriy yilda jami 13.5 km ichimlik suvi va 20.7 km gaz quvurlari tortilib foydalanishga topshirildi.
Tumanda 29 ta umumta’lim maktablari bo’lib, ularning 1 tasi moslashtirilgan binolarda joylashgan. Tumanda yangi ish o’rinlari yaratish Dasturining bajarilishi 2004 yilda 117.4 %ni, 2005 yilda 106.0 %ni tashkil etgan bo’lsa, 2006 yilda bu ko’rsatkich 101.1, 2007 yilda 100.2 %, 2008 yilda 102.3 %, 2009 yilda 100.0 %ni tashkil etdi. Turar-joy binolari bilan ta’minlanishi 2004 yilda 33.6 ming kv.m bo’lgan bo’lsa, 2007 yilda 35.1 ming kv.m, 2008 yilda 35.1 ming kv mni tashkil etdi. Tuman bo’yicha tashilgan yuk miqdori 2004 yilda 807.3 ming tonna, 2005 yilda 1076.3 ming tonna, 2006 yilda 951.8 ming tonna bo’lgan bo’lsa, 2007 yilda bu ko’rsatkich 912.4 ming tonna, 2008 yilda bu ko’rsatkich 798.9 ming tonna, 2009 yilda bu ko’rsatkich 496.7 ming tonnani tashkil etdi. Huddi shunday 2004 yilda 3812.2 ming yo’lovchi, 2007 yilda 7750.3 ming kishi, 2008 yilda 10182.7 ming kishi, 2009 yilda 10612.0 ming kishiga еtgan.

 

Гулистон туман ҳокимлиги бошқарув аппаратининг янги ТУЗИЛМАСИ (docx 102 kb)

4 147

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Oktabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Sen    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×