Wheather

Online users 17
28 January, 2016
156

Young people are our future. The book leads to perfection

This year the library has been enriched by the Head’s of our state another book. Publishing house “Uzbekistan” has published a new book of President Islam Karimov “Ona yurtimiz bahtu iqboli va buyuk kelajagi yolida hizmat qilish – eng oliy saodatdir” (Serving in the path of happiness and great future of our motherland is a […]

more
Savol: O’zbekiston Respublikasining rezidentlari deganda kimlar tushuniladi?
Javob: O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yxatidan o’tgan yuridik shaxs; O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o’n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O’zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasining rezidenti deb e’tirof etiladi. O’zR Soliq kodeksi 19-modda
Savol: Kimlar qo’shimcha foyda solig’i to’lovchilar bo’ladi?
Javob: Ayrim foydali qazilmalarni (foydali komponentlarni) kavlab olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar; Foydali qazilmalardan ishlab chiqariladigan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. Ayrim turdagi mahsulotlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilmagan boshqa shaxslar qo’shimcha foyda solig’i to’lovchisi etib belgilanishi mumkin. O’zR Soliq kodeksi 248-modda
Savol: Kimlar qo’shimcha foyda solig’i to’lovchilar bo’ladi? Guliston shahrida jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy joy qurish uchun ajratilgan erlar bo’yicha soliq stavkalari to’g’risida tushuntirish bering.
Javob:O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son Qarori 20-ilovasining 6-jadvalida shaharlar va shaharchalarda er uchastkalaridan foydalanganlik uchun er solig’i stavkalari belgilangan bo’lib, Guliston shahrida 1 kv.m uchun 1-zonaga 100,0 so’m, 2-zonaga 84,0 so’m, 3-zonaga 67,9 so’m qilib belgilangan. Agar ajratilgan er maydoni normativdan ortiq yani 10 sotixdan ortiq bo’lsa, normativdan ortiq qismiga belgilangan bazaviy stavkaning 1,5 barobari qo’llaniladi. O’zR Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son Qarori 20-ilovasi

Hotline

0 371 200 02 06

Regulations Statistics
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Single phone

0 367 225 33 51

Regulations Statistics
Statistics circulation

In the quad quarter of 2017:

Total hits: 172

In reviewing: 111 (82 %)

Examined and answered: 31 (18 %)

 
March 2017
M T W T F S S
« Jan    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  


© 2010-2016 Khokimiyat of Syrdarya region. Site developed by Computerization center of Syrdarya region SUE

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

  • 1985-yildan 1992-yilga qadar Toshkent avtomobil-yo`llar insituti talabasi (1986-1988 yillarda Harbiy xizmatda).
  • 1992-1993 yillarda Sirdaryo viloyati avtomobil-transport parki dispetcheri.
  • 1993-1995 yillari Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi militsiya uchastka inspektori, davlat avtomobil nazorati bo`limi katta muhandisi.
  • 1995-1999 yillarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumai ichki ishlar bo`limi navbatchilik qismi katta inspektori.
  • 1999-2004 yillari Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi jinoyat qidiruv bo`limi tezkor vakili, jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi tezkor vakili.
  • 2004-2005 yillarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`ining birinchi o`rinbosari – jinoyat qidiruvi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi boshlig`i.
  • 2005-yildan 2007-yilgacha Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i.
  • 2007-2008 yillarda Sirdaryo viloyati Boyovut tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i.
  • 2008-2010 yillarda Sirdaryo viloyati ichki ishlar bo`limi boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari.
  • 2010-yildan Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi.

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

  • 1984-yildan 1991-yilga qadar Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti talabasi (1984-1986 yillar. – harbiy xizmatda)
  • 1991-1992 yillarda Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” boshqarmasi ustasi.
  • 1992-1999 yillari Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” boshqarmasi “Po`latmontaj” uchastkasi ustasi, 5-razryadli montajchisi, 2-uchastka prorabi, uchastka boshlig`i.
  • 1999-2001 yillarda Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari.
  • 2001-2004 yillari “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” sho`ba xo`jalik jamiyati boshlig`i o`rinbosari.
  • 2004-2005 yillarda Andijon vioyati “Sanoatenergomontaj” ma`suliyati cheklangan jamiyati direktori o`rinbosari.
  • 2005-2010 yillarda “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar “Po`latmontaj” sho`ba korxonasi direktori.
  • 2010-2013 yillarda “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati Andijon viloyati “Po`latmontaj” sho`ba korxonasi direktori.
  • 2013-2014 yillarda “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari.
  • 2014-yildan Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

  • 1990-1995 yillari Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
  • 1996-1997 yillarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani  «Agroxizmat» uyushmasi maslahatchisi.
  • 1997-yildan 1997-yilga qadar Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani qishloq qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi «Dehqonchilikda yangi texnologiya qo`llash» bo`limi boshlig`i.
  • 1997-2001-yillari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani «Bahor» shirkat xo`jaligi agronomi.
  • 2001-2004-yillarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani qishloq xo`jalik bo`lmi boshlig`i.
  • 2004-yildan 2007-yilgacha Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo`jalik va obodonlashtirish majmuasi bosh mutaxassisi.
  • 2007-2008-yillari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani qishloq va suv xo`jaligi bo`limi boshlig`i.
  • 2008-2009-yillarda O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi qishloq xo`jaligi ekinlari navlarini sinash komissiyasi raisi o`rinbosari.
  • 2009-yildan 2010-yilgacha Sirdaryo viloyati Qishloq xo`jaligi va suv boshqarmasi boshlig`ining agrotexnologiya masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari.
  • 2010-2013-yillari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimi.
  • 2013-yildan Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimi.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

  • 1989-1994 yillari Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi.
    1994-1995 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer qurilish-iqtisodiyot bilim yurti o`qitivchisi.
    1995-1996 yillari Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimligi qoshidagi yakka tartibdagi uy-joy qurilishi bo`limi loyihachisi.
    1996-1997 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimligi qoshidagi “Kooperativ va yakka tartibda uy-joy qurilish” bo`limi bosh muhandisi.
    1997-1997 yillari Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar yer kadastr bo`limi boshlig`i o`rinbosari.
    1997-1997 yillarda “Mirzacho`lmelioqurilish” trestiga qarashli 44-mehanizatsiyalashgan ko`chma kollona loyihachisi.
    1997-yildan, 1999 yilgacha “O`zbekgazsuvqurilish” aktsiyadorlik jamiyati Sirdaryo qurilish-montaj boshqarmasi dispetcheri, ishlab chiqarish bo`limi yetakchi muhandisi.
    1999-2000-yillari Yangiyer shahar kasb-hunar kolleji o`qituvchisi.
    2000-2001 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar me`morchilik va shaharsozlik bo`limining xo`jalik hisobidagi guruhi muhandisi.
    2001-2003 yillari Sirdaryo viloyati arhitektura va qurilish bosh boshqarmasi Yangiyer shahar bo`limi bosh arhitektori o`rinbosari.
    2003-2011 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar bosh arhitektori.
    2011-yildan, 2013 yilga qadar Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo`jalik va obodonlashtirish masallari bo`yicha birinchi o`rinbosari.
    2013-yildan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

  • 1979-1984yillar. – Toshkent davlat universiteti talabasi
  • 1984-1985 yillar. – Sirdaryo viloyati non ishlab chiqarish  boshqarmasi huquqshunosi.
  • 1985-1985 yillar. – Sirdaryo viloyati Guliston non qabul qilish korxonasi huquqshunosi.
  • 1985-1987 yillar. – Sirdaryo viloyati Xovos tumani prokurorining yordamchisi lavozimizda ish o`rganuvchi.
  • 1987-1991 yillar. – Sirdaryo viloyati Xovos tumani prokurorining yordamchisi.
  • 1991-1993 yillar. – Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar prokuroraturasi katta tergovchisi.
  • 1993-1994 yillar. – Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani prokurori yordamchisi.
  • 1994-1997 yillar. – Sirdaryo viloyati prokuroraturasi umumiy bo`limi prokurori.
  • 1997-1997 yillar. – Sirdaryo viloyati prokurorining sudlarda fuqarolik ishlari ko`rilishida prokuror vakolatini ta`minlash katta yordamchi vazifasini bajaruvchisi.
  • 1997-2004 yillar. – Sirdaryo viloyat prokuroraturasi umumiy nazorat bo`limi prokurori.
  • 2004-2004 yillar. – Sirdaryo viloyati prokuroraturasi fuqarolarning huquq va erkinliklari,jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish bo`limi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi.
  • 2004-2008 yillar. – Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani prokurori.
  • 2008-2009 yillar. – O`zbekiston Respublikasi bosh prokuroraturasi xo`jalik sudlarida ishlar ko`rilishida prokuror vakolatini  ta`minlash bo`limi boshlig`inning o`rinbosari.
  • 2009-2011 yillar. – Sirdaryo viloyati prokuroraturasi iqtisodiy jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish bo`limi boshlig`i
  • 2011 yildan.  – Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hokimi

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

  • 1982-1987-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi.
    1987-1991-yillari Jizzax viloyati Zafarobod tumani xo`jalik kanali boshlig`i.
    1991-yildan 1995-gacha Jizzax viloyati Zafarobod tumani suv xo`jaligi birlashmasi tumalararo kanallar boshqarmasi uchastka boshlig`i.
    1995-1998-yillari Jizzax viloyati Zafarobod tumani xo`jaligi bosh irrigatori.
    1998-2000-yillda Jizzax viloyati Zafarobod tumani qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari.
    2000-yildan 2001-yilgacha Jizzax viloyati Zafarobod tumani qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`i, “Turon” shirkat xo`jaligi boshqaruvchisi.
    2001-2002-yillarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumani qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari.
    2002-2004-yillari Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hokimining birinchi o`rinbosari-tuman qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`i.
    2004-2006-yillar Sirdaryo viloyati Sardoba tumani qishloq va suv xo`jaligi bo`limi boshlig`i
    (2004-2005-yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi).
    2006-yildan hozirgacha Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hokimi.
     

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×