Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 2

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Doimiy komissiyalar faoliyatidan. O‘ZBEK ADABIY TILINING ME’YOR VA QOIDALARI MASALASIGA BAG‘ISHLANDI

5 Oktabr, 2016
648

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi «Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari» bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Jamoat joylari, OAVda o‘zbek adabiy tili me’yor va qoidalariga amal qilinish holati to‘g‘risida”gi masala muhokama qilindi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi raisi N.Soatovning mazkur masala haqidagi  axborotini tinglanib, Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyasi qayd etdiki, o‘zbek adabiy tili xalqning, millatning tarixi, madaniy merosi, turmush tarzi, urf-odat va an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi, ajdodlardan avlodlarga o‘tishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tili – o‘zbek tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilab berilgan, uning mavqei mustahkamlangan. Bu esa tilimizning yanada boyib, ravnaq topishiga, xalqimizning urf-odatlari, an’analari tiklanishiga zamin yaratdi. Bugungi kunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxona, muassasa, tashkilot va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob hujjatlari davlat tilida olib borilmoqda.

Shu bilan birga, tilimiz bilan bog‘liq bir qator muammo- masalalar ham borki, bu barchamizga daxldor hisoblanadi, har bir fuqarodan e’tibor va mas’uliyat talab etadi. Jamoat joylari, ko‘cha va bekatlardagi ayrim e’lon yozuv va joy nomlarida imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilayotgani jiddiy e’tibor qaratadigan masaladir. Zero, til millat o‘zagini, ruhini, uning tarixi, bugungi va ertasini namoyon etadigan muhim vositadir. Uning sofligini saqlash, adabiy til qoidalari buzilishining oldini olish, davlat tilini boyitish Vatan va millat taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir insonning burchi, vazifasi.

Xalq  deputatlari viloyat        Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi, hokimlik, tashkilotlar bilan hamkorlikda kun tartibidagi masala yuzasidan  mavjud kamchiliklarni va xatolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqishi ko‘zda tutildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorakda monitoring olib borish yo‘lga qo‘yildi.

Hududlardagi barcha tashqi reklamalarda o‘zbek adabiy tili me’yor va qoidalarining qo‘llanilishi holatini nazorat qilish bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etildi  hamda doimiy nazorat o‘rnatiladigan bo‘ldi.

Yig‘ilishda viloyat hokimligi huzuridagi ‘Geografik ob’ektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi” komissiyasiga viloyatda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashkilotlar peshlavhalari, nomlari va yangi qo‘yilayotgan reklama bannerlarini komissiyaning xulosasi asosida amalga oshirilishini nazoratga olish vazifasi topshirildi.

Bir oy muddat ichida viloyatdagi barcha tashkilot, korxona, muassasalar, hududlardagi firmalar, savdo do‘konlari, fuqarolar yig‘inlaridagi hamda reklama bannerlaridagi xato va noto‘g‘ri yozilgan peshlavhalar, bannerlarni olib tashlash va yangi qo‘yiladigan nomlarni viloyat hokimligi huzuridagi “Geografik ob’ektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi” viloyat komissiyasi xulosasi asosida o‘rnatish belgilab qo‘yildi.

Ortiq SULTONOV.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Oktabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Sen    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×