Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 4

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Deputat so‘rovi. SAYLOVCHILAR MANFAATI YO‘LIDA

17 Sentabr, 2016
357

Bugun oldimizga qo‘yilayotgan yangi vazifalar nuqtai nazaridan partiya faoliyatini yanada kengaytirish, siyosiy kuch sifatida jamiyatimizda mustahkam o‘ringa ega bo‘lish uchun tashabbuskorlikni oshirish, partiya deputatlik guruhlari ishlarini yanada kuchaytirish, ular faoliyatini tashkil qilishning yanada samarali usullarini topish zarurati sezilmoqda. Mazkur vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston “Adolat” SDP Sirdaryo viloyati Kengashi deputatlik birlashmalari faoliyatini tubdan kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Tabiiyki, partiya hayotida xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi deputatlik guruhlari faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Sayhunobod tumani Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tarkibida 5 nafar deputat turli sohalarda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Aytish lozimki, deputatlarimiz faoliyatidan saylovchilarimizning ko‘ngli to‘q.

“Gulbuloq” mahallasida istiqomat qilayotgan aholi tomonidan yozilgan murojaatda shu mahallaga qarashli SHifokorlar, Navoiy ko‘chalaridagi axlatxonalar aholi tomonidan chiqindilar bilan to‘lib, noqulayliklar tug‘dirayotganligi, shuningdek, ibn Sino ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar ortidagi suv quvurlari ichidagi suvlar tortilmay, balchiq bilan to‘lib qolganligi sababli toza havoga noxush hidlar chiqib, odamlarning nafas olishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganligi ta’kidlangan.

Deputatlik guruhi tomonidan ushbu muammolar yuzasidan tuman obodonlashtirish bo‘limiga deputatlik so‘rovlari chiqarilganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, 2015 yil 10 dekabr holatiga ushbu mahalla hududidagi chiqindi shoxobchasidan 14 kub metr chiqindi olib chiqarilganligi, uning narxi 301 ming so‘m bo‘lib aholidan atigi 77,5 ming so‘m mablag‘ yig‘ilgan va qarzdorlik 224 ming so‘mni tashkil qilgan. Afsuslanarlisi, kommunal to‘lovlardan qarzdorlik haligacha to‘lanmagan.  Ibn Sino ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar ortidagi suv quvurlari ichidagi suyuq maishiy chiqindilarni olib ketish yuzasidan ikki tomonlama shartnoma qilinmagan.

“Shodlik” mahallasida Saidvaliev, Ohunboboev ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylar atrofi  chiqindixonaga aylanib ketganligi yuzasidan tuman obodonlashtirish ishlari boshlig‘i Karim Haydarovga deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilinganda, mahalla bo‘yicha 2015 yil dekabr oyiga qadar jami 671 ming so‘m miqdorda chiqindilar olib chiqib ketilganligi,  2 mln. 200 mingga yaqin xizmat ko‘rsatilganligi, kommunal to‘lovlardan qarzdorlik 1 mln. 500 ming so‘m ekanligi  ma’lum bo‘ldi.

“Paxtaobod” mahallasidagi Ko‘klam ko‘chasiga suv quvuri tortish yuzasidan tumandagi “Suvoqava” DUK filiali boshlig‘i Erkin Xalilovga murojaat qilinganida ushbu muammo 2017 yil ish rejasiga kiritilganligi ta’kidlandi.

Saylovchilar murojaatiga asosan deputatlik guruhi tomonidan “O‘zbekiston” qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli “Farovon” mahallasidagi Ummon ko‘chasi 600 metr, Yoshlar ko‘chasi 500 metr, Tarlon (Normuhammad Husainov) ko‘chasiga 300 metr, jami 1,4 km joyga elektr tarmoqlari tortilmaganligi, shuningdek, mahalladagi 4,2 km erdagi elektr tarmoqlari eskirib yaroqsiz holga kelib qolganligi, bu esa mahallada yashayotgan aholining haqli ravishda e’tiroziga sabab bo‘layotganligi ta’kidlangan. Bu masala yuzasidan Sayhunobod tumani elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilindi va masala o‘z echimini topdi.

“Hisor” mahalla fuqarolari o‘z murojaatlarida mahallada tabiiy gaz yo‘qligidan shikoyat qilishgan. Bu shikoyat yuzasidan Sayhunobod tumangaz filiali boshlig‘i Sulton Boymurodovga so‘rov bilan murojaat qilindi. Hozirgi kunda ushbu mahalla fuqarolari tabiiy gaz bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, “Paymart” mahallasida istiqomat qilayotgan Nargiza Yarlakboevaga “Mikrokreditbank”ning tuman bo‘limidan 3 mln. so‘m miqdorda kredit olib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Hozirda ushbu fuqaro tikuvchilikni yo‘lga qo‘ydi va 5 nafar “Paxtakor” maishiy xizmat ko‘rsatish kollejini tamomlagan yoshlarni ish bilan ta’minlashga ham ulgurdi. Yaqinda ushbu fuqaroga o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida yana 10 mln. so‘m miqdorda kredit olib berishda deputatlik guruhi bilan birgalikda amaliy yordam ko‘rsatildi.

“Farovon” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro SHavkat Shukrullaevga ham ushbu “Mikrokreditbank”ning tuman bo‘limidan 3 mln. so‘m miqdorda kredit olib berishda amaliy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ushbu fuqaro yog‘ochdan stol – stul yasab, hunarmandchiligini yo‘lga qo‘ydi. 2 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.

Guruh tomonidan hududdagi 19, 25, 38 – umumta’lim maktablari sport zallarini ta’mirlash va sport inventarlari hamda ingliz tili xonasini elektron doska va boshqa jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi, bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armalariga deputatlik so‘rovlari bilan murojaat qilindi. Natijada 19 hamda 25-umuta’lim maktablari sport inventarlari bilan, 38-umumta’lim maktabining ingliz tili fani  xonasi elektron doska bilan ta’minlandi. Shuningdek, 38-umumta’lim maktabi sport maydonchasi 500 metr aylana to‘siq bilan o‘ralmoqda.

To‘g‘ri, deputatlik guruhimiz fuqarolardan tushayotgan arizalarni o‘rganib, mavjud muammoni mutasaddi tashkilotlar ko‘magida hal etishga birmuncha muvaffaq bo‘layapti. SHunga qaramay, deputatning vakolatlari doirasidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, faoliyatimizga tanqidiy yondashish kerakligini tushunib etamiz. Masalan, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan hududiy dasturlar ijrosini bajarish yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, mahalliy kengash sessiyalari muhokamasiga dolzarb masalalarni kiritishda sustkashliklarga ham yo‘l qo‘yilayotganligini tan olishimiz kerak.

Aytish lozimki, siyosiy partiyaning asosiy kuchi mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlaridir. Ular faoliyatini kuchaytirish hududlardagi ijtimoiy masalalarni kompleks o‘rganish va hal etish, mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish, hududiy dasturlarning bajarilishi hamda byudjetdan ijtimoiy sohaga ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. SHunday ekan, barcha darajadagi deputatlik guruhlari tashabbuskorligini oshirish masalasi doimiy diqqat-e’tiborda turishi kerak. Bunda partiya saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilishda deputatlik guruhlaridan yangicha yondoshuv, izlanish va tashabbuskorlik talab qilinadi. Qolaversa, mahalliy kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari bilan partiyaning hududiy va mahalliy tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda mustahkamlash faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanadi.

 

Erkin SAIDOV,

Xalq deputatlari Sayxunobod tumani

Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP

deputatlik guruhi rahbari

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
Aprel 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Mar    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×