Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 9

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Deputat minbari. SOLIQ YUKI KAMAYIB, DAROMADLAR KO‘PAYMOQDA

9 Mart, 2016
780

Mamlakatimizda soliq yukining doimiy ravishda kamaytirib borilishi iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirib, kichik biznes va tadbirkorlikning yanada rivojlanishi, aholining real daromadlari ko‘payishi barobarida yangi ish joylarini ochilishiga xizmat qilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan qator soliq va majburiy to‘lov stavkalari kamaytirildi, imtiyozlar kengaytirildi.

SHuningdek, qarorga binoan tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, mikrofirma hamda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar yuzasidan hamda to‘qimachilik korxonalari uchun mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etish bo‘yicha berilgan imtiyozlar muddati 2018 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.

Amaldagi tartiblarga muvofiq, avtomobil trans­porti sohasida ish yuritayotgan korxonalar kichik biz­nes sub’ektlariga berilgan imtiyozlardan foydalanishi uchun ularning xodimlari soni 25 nafardan oshmasligi lozim edi. Endi bu raqam 50 nafar etib belgilandi. Modomiki, xodimlar sonini 2 barobarga oshirib ham kichik biznesga berilgan imtiyoz­lardan foydalanish mumkin.

Xususai, jismoniy shaxslar uchun soliq majburiyatining  bajarilishini ta’minlash maqsadida kodeksning 59-, 61- va 62-moddalarida jismoniy shaxslarning muddatida to‘lanmagan mol-mulk va er soliqlaridan bo‘lgan qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi qo‘shimcha talabnoma o‘rniga davlat soliq xizmati organlariga sudga murojaat qilish hukuqini beruvchi norma mustahkamlab qo‘yildi. YUridik shaxslar uchun nazarda tutilgan barcha majburiy undirish choralari ko‘llanilganligi bois yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bu qoida tatbiq etilmaydi.

Shu bilan bir qatorda, kodeksga O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqfali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yil yakuni bo‘yicha hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bo‘yicha hisob-kitob taqdim etilishining aniq muddatlari belgilandi. Bu esa O‘zbekistogn  Respublikasining  norezidentlari va coliq organlari o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarning oldini oladi.

Ta’kidlash joizki, 2015 yil 3 iyundagi «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikami Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunni amalga oshirish maksadida ham Soliq kodeksining bir nechta moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, 152-moddaga kiritilgan o‘zgartirishga binoan, qimmatli qog‘ozlar bozo­ri professional ishtirokchilarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar tarkibidan qimmatli qog‘ozlar egalari reestrini yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlarni va hisob-kitob-kliring faoliyati bo‘yicha daromadlarni chiqarib tashlashni nazarda tutadi. Qonunning 24-moddasiga muvofiq esa Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog‘ozlar bozorining pro­fessional ishtirokchisi hisoblanmaydi. 39-moddaga binoan qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlarini yuritish Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifasiga kiradi.

Qolaversa, 155-, 158- va 179-moddalariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘pshmchalar «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasi uchinchi qismiga muvofiqlashtirildi. Ushbu moddaga asosan sotuvchining, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentining tuzilgan bitim bo‘yicha daromadlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi. 229- va 330-moddalarga kiritilgan o‘zgartirishlar Qonunning 56-moddasiga muvofiklashtirildi. Unga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi investorlarning, qimmatli qog‘ozlar egalarining hamda davlatning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji to‘lamasdan sudda da’vo ko‘zg‘atashga haqlidir.

Qisqacha aytganda, tizimda olib borilayottan keng ko‘lamli islohotlar tufayli mamlakatimizda soliq yuki borgan sari kamayib, uning shartlari mo‘‘tadillashmokda. Tabiiyki, bu aholi, tadbirkor va fermerlarning daromadiga daromad qo‘shayotir.

Komiljon ERNAZAROV,

Oliy Majlis Konunchilik palatasidagi

 O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

“XXI asr”dan

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Oktabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Sen    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×