Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 7

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimi O.Ashurmatov boshchiligida 2014 yil 1 dekabrda Guliston shahridagi O. Xo’jayev nomli musiqali drama teatrida o’tkazilgan Konstitutsiya kuni bayramiga bag’ishlangan tadbir.

Sirdaryo viloyati hokimi

O. ASHURMATOVning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasi

 Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!

Hurmatli tantana qatnashchilari!

 Bugun xalqimiz, davlatimiz ona yurtimiz hayotidagi muhim sana, hammamiz uchun aziz bo‘lgan Asosiy Qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi mamlakatimizda tantanali ravishda bayram qilinmoqda.

Ana shu qutlug‘ ayyom bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun sirdaryo ahlini chin qalbimdan tabriklash, barcha-barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ehtiromimni bildirishga ruxsat bergaysizlar.

Davlatimiz va xalqimiz hayotida tom ma’noda tarixiy sana bo‘lgan ushbu ayyom haqida gapirar ekanmiz, biz Konstitutsiyamizning bugungi O‘zbekiston davlatchiligining tiklanishi va rivojlanishidagi beqiyos o‘rni va ahamiyatini yuksak baholaymiz.

Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab o‘z oldimizga qo‘ygan ezgu maqsadga erishish, ya’ni yurtimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishda Konstitutsiyamiz mustahkam poydevor bo‘lib kelmoqda.

Biz, Asosiy Qonunimizni nafaqat mustaqilligimizning huquqiy negizi, balki xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin, farovon hayot qurishdek buyuk maqsad sari birlashtiruvchi muhim qonuniy hujjat sifatida ham ardoqlaymiz.

Bu borada Konstitutsiyamiz bergan imkoniyatlarni, o‘tgan zamon bilan solishtirib «KIM EDIGU KIM BO‘LDIK» degan hayotiy haqiqat bilan yondashib javob bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Jumladan:

Kecha O‘zbekistonimiz o‘ta og‘ir ijtimoiy- iqtisodiy muammolar girdobida qolib ketgani, qoloq, faqatgina paxta xom ashyo etishtiradigan mintaqaga aylanib qolgani, xalqimizning hayot darajasi va ijtimoiy ahvoli qanday ayanchli holatda bo‘lgani xalqimizning yodidan chiqqan emas.

Mustaqillik arafasida kim edik?:

-1700 ta avariya holatidagi maktab;

-otasining janozasiga qatnashganligi uchun tazyiqqa olingan farzandlar nolasi;

-tomarqasiz, ersiz hamqishloqlar;

-ko‘chalarda jinoyatchilar bemalol davr surgan kunlar;

-xalqimiz “ikkinchi sort” odamlari deb sanalgan kamsitilgan xo‘rliklar;

-ma’naviy ildizlarimiz qirqilgan yillar;

-bolalarimizning xorijda o‘qishi tushimizga kirmagan pallalar;

-o‘zbeklarni “poraxo‘r”, “o‘g‘ri”, “millatchi” deb ayblagan yillar;

-Gdlyan, Ivanovlar tergovidan ozor chekkan xonadonlar;

-yigitlarimizning aksariyati qurilish botalьionlarida harbiy xizmat o‘tagan yillar;

-uyimizning tomigacha, ostonamizgacha paxta ekilgan yillar;

-mulkdor bo‘lishni o‘ylash, ortiqcha mol-mulkka ega bo‘lish jinoyat deb hisoblangan yillar;

-majlislarda rus tilida so‘zlashilgan yillar;

-boshqa respublikalarga ko‘ra onalar o‘limi 2 barobar ko‘proq, bolalar o‘limi esa 3 barobar ortgan tug‘ruqxonalar;

-diniy e’tiqodga ega bo‘lish gunoh sanalgan yillar;

-yashirincha ro‘za tutilgan davrlar;

-Navro‘zga tosh otilgan, milliy qadriyatlarimizning eskilik, qoloqlik belgisi deb kamsitilgan yillar;

-maktab bolalari oylab paxta dalalarida etak sudragan yillar;

-iste’mol qilinadigan g‘alla va un mahsulotlarining chetdan olib kelingani;

Bugun kim bo‘ldik:

-O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘ldi;

-O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umri 67 yoshdan 73 yoshga uzaydi;

-O‘zbekistonda onalar o‘limi 2 barobar, bolalar o‘limi 3 barobarga kamaydi;

– yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha er ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa erlari berildi;

-O‘zbekiston Germaniya, AQSH, YAponiya, Fransiya, Xitoy, Janubiy Koreya bilan teng asoslarda hamkorlik qila boshladi;

-“Damas”, “Neksiya”, “Lasetti”, “Kobolt”, “Kaptiva” va boshqa rusmli avtomobillar ishlab chiqarilib xorijga eksport qilina boshlandi;

-do‘kon va bozorlardagi aksariyat mahsulotlarga “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” degan yozuv yozilgan;

-demokratik boshqaruv tizimga o‘tildi;

-farzandlarimiz dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda;

-professional, vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlaydigan jangovorlik salohiyati yuqori armiya shakllandi;

-boshqaruvning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati shakllandi;

-inson haq-huquqlari kamsitilishiga chek qo‘yildi;

-paxta maydonlari keskin qisqartirildi;

-paxta xom ashyosini o‘zimizda qayta ishlash imkoniyati  yildan yilga o‘sib borayapti;

-qishloq joylarida barcha sharoitlarga ega namunali loyihalar asosida uy-joylar barpo etilmoqda;

-milliy hunarmandchilikning rivojlanishiga keng yo‘l va shart –sharoitlar yaratildi;

-Navro‘z umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadigan bo‘ldi;

-Ramozon va Qurbon hayitlari dam olish kuni bo‘lib nishonlanadigan bo‘ldi;

-o‘zbek tili Davlat tili maqomini oldi, qo‘shimcha chet tillarini bilishga rag‘bat kuchaytirildi;

-mulk egasi bo‘lish va tadbirkorlik keng quloch yoydi;

-maktab o‘quvchilarining paxta maydonlariga etak ko‘tarib chiqishiga chek qo‘yildi;

– O‘zbek sporti olamga mashhur bo‘ldi;

-O‘zbekiston o‘nlab xalqaro anjumanlarga mezbonlik qilmoqda;

-o‘zbek yigiti futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga hakamlik qilish bo‘yicha rekordga erishmoqda.

Shunday ekan, Konstitutsiyada xalqimizning hohish irodasi, ijtimoiy ongi, milliy madaniyati, maqsad muddaolari va orzu-niyatlari aks etgan. Muhtaram YUrtboshimiz qayd etib o‘tganlaridek, “Konstitutsiya xalqning siyosiy donologi va tafakkuri mahsulidir”.

Qisqacha aytganda, biz tanlagan va “o‘zbek modeli” deb nom olgan mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanini bugun hayotning o‘zi yaqqol tasdiqlab bermoqda.

Biz, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, buyruqbozlik va rejali-taqsimot tizimidan qanchalik uzoqlashganimiz sari, milliy taraqqiyot modelimizning asosini tashkil etadigan tamoyil va normalarning nechog‘lik to‘g‘ri ekaniga bo‘lgan ishonchimiz shu qadar ortib bormoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda odamlarimiz, ularning ijtimoiy ongi, hayotga munosabati tobora o‘zgarmoqda, vatandoshlarimizning siyosiy etukligi, yurtimizda va dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan fuqarolik mas’uliyati, daxldorlik hissi oshib bormoqda.

Shu bilan birga, amalga oshirgan ishlarimizni e’tirof etgan holda, biz bir haqiqatni esdan chiqarishga haqqimiz yo‘q, deb o‘ylayman: ya’ni, hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi.

Bugun biz yashayotgan globallashuv va tobora kuchayib borayotgan raqobat asrida faqat chuqur islohotlar va modernizatsiya yo‘lidan tinimsiz va qat’iyat bilan rivojlanib borish orqali o‘z oldimizga qo‘ygan istiqbolli maqsadlarga – taraqqiy topgan, farovon yashayotgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib hayot darajasini ta’minlashga erisha olamiz.

Muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov shunday deydilar: “Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati, falsafasi va g‘oyasiga ko‘ra tamomila yangi hujjatdir. Unda jamiki dunyoviy   ne’matlar orasida  eng ulug‘i – inson degan fikrni  ilgari surdik va shu asosda “fuqaro – jamiyat – davlat”  o‘rtasidagi munosabatning oqilona huquqiy echimini topishga intildik”. CHindan ham Konstitutsiya inson uchun, uning farovon turmushi uchun xizmat qilmoqda.

Bugun biz, katta siyosiy tadbir arafasida turibmiz. SHu oyning 21-sanasida parlament va mahalliy Kengashlarga xalqimiz orasidan deputatlikka eng munosib nomzodlarni tanlab olib, ularga ovoz beramiz.

Ana shunday huquqga ega bo‘lishimizda ham asosiy qonunimizning o‘rni bor.

 Hurmatli tantana qatnashchilari!

 Bundan bir yil muqaddam muhtaram YUrtboshimiz tomonidan 2014 yilni mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilingan edi.

Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, ayniqsa, kelajagi uchun g‘oyat muhim bo‘lgan sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini o‘z oldimizga qo‘yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan asr, degan hayotiy haqiqatdan kelib chiqilgan edi.

Albatta, hozirgi kunda taraqqiyot yo‘lidan izchil rivojlanib borishimizda, ezgu maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarishda hal qiluvchi rol o‘ynaydigan muhim bir mezon borki, u ham bo‘lsa, inson omili, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, hayotga dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan yoshlarimizdir.

Buning yaqqol tasdig‘ini viloyatimiz yoshlari erishayotgan yutuqlarda ham ko‘rishimiz mumkin.    Bugun iqtisodiyotimizda, madaniyat va sport sohasida va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda yurtimiz nomini ulug‘layotgan Biloliddin Narzullaev, Ramil Gayazov, Javohir Davronbekov, Ma’ruf Bahriddinov, Doston Bozorov, Lobar Urinova, Zafar Sultonov va Valijon Ibroximovlar nomlarini fahr bilan tilga olsak arziydi.

Bu yutuqlarida Siz, azizlarning ham munosib hissalaringiz bor.

 Hurmatli tantana qatnashchilari!

Bu yil viloyatimizning bir guruh ishlab chiqarish ilg‘orlari va ijtimoiy soha xodimlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan muhtaram Yurtboshimizning farmonlariga muvofiq mamlakatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lishdi.

Bugungi tantanada ularni chin dildan tabriklaymiz va sizlarning ishtirokingizda ana shu mukofotlarni topshiramiz.

Hurmatli bayram ishtirokchilari!

 So‘zimni muhtaram YUrtboshimiz Islom Karimovning quyidagi so‘zlari bilan yakunlamoqchiman: “Bizning Konstitutsiyamiz umuminsoniy – tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi  eng ulug‘ g‘oyalarga xizmat qiladi”.

Barchangizni Konstitutsiyamiz bayrami bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga uzoq umr, sihat salomatlik tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo,

Yurtboshimiz hamisha omon bo‘lsinlar!

E’tiborlaringiz uchun rahmat!

1 157

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Noyabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Okt    
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×