Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 4

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining 2013 yil “Prezident archasi” tadbirida so’zlagan nutqi

VILOYAT HOKIMI OYBEK ASHURMATOVning

“PREZIDENT ARCHASI” TADBIRIDA SO‘ZLAGAN NUTQI

 Assalomu alaykum,aziz bolajonlar !

       Sizlarni Yangi – 2014 yil bilan samimiy tabriklayman. Qolaversa, bugun sizlar qo‘shaloq bayramni nishonlamoqdasizlar. Birinchisi, Yangi yil bo‘lsa, ikkinchisi, “Prezident archasi”.

       Yaxshi bilasizlar, har yili Yangi yil arafasida muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov Siz, bolajonlar uchun mana shunday tadbir tashkil qiladilar, har biringizni o‘zlarining Yangi yil sovg‘alari bilan siylaydilar.

 Yurtimizda nishonlanadigan,  farzandlarimiz uchun  eng quvonchli bo‘lgan bayramlardan biri, bu – Yangi yil bayramidir.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin muhtaram Yurtboshimiz tashabbuslari bilan har yili ana shunday qiziqarli tadbir o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun shu davrada o‘tirgan 267 nafar  bolajonlarning har biriga “Prezident archasi” sovg‘alarini topshiramiz. Sizlar uchun ajoyib konsert namoyish qilamiz, yayrab, quvnab raqsga tushasizlar, Qorobo va Qorqiz haqida qo‘shiqlar aytasizlar.

Muhtaram Prezidentimiz kirib kelayotgan 2014 yilni “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qildilar. Bu demak – Yangi yilda ham hamma yaxshi narsalar – sizlarga. Sizlarning sog‘lom va barkamol bo‘lib o‘sishlaring uchun biz sizlarga yanada ko‘proq  e’tibor qaratamiz, g‘amxo‘rlik ko‘rsatamiz.

Sizlar uchun eng sevimli bo‘lgan bog‘chalar, maktablar,  sport inshootlari qurishni  yanada ko‘paytiramiz, borlarini ta’mirlaymiz.

Bu yil viloyatimizda siz – bolajonlarimiz uchun  5 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi, 12 ta maktab kapital ta’mirlandi,

3 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 3  ta maktabda sport zali va 2 ta “Bolalar va o‘smirlar sport maktab”larini qurib, foydalanishga topshirdik. Bularning hammasi sizlar uchun.

Biz sizlarni  baquvvat, sog‘lom bo‘lib o‘sishlaringizni, hech kimdan kam bo‘lmasliklaringizni istaymiz. Buning uchun nimaiki zarur bo‘lsa, hammasini muhayyo qilib beramiz.

Aziz bolajonlar, bugun Sizlarga  “Prezident archasi” bayrami munosabati bilan muhtaram Yurtboshimizning  sizlarga  atab yuborgan sovg‘alarini  topshiramiz.

Sizlarga bugun bayram konserti, mazali dasturxon, qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari  va Qorbobo sovg‘alari ulashiladi.

 Aziz bolajonlar!

 Biz shunday zamonda, shunday Vatanda yashayotganimizdan, sizdek aziz farzandlarimiz borligidan  faxrlanamiz.

Sizlarning har biringiz  yangi  yilda faqat a’lo baholarda o‘qishingizga, Vatanni sevishingizga, kelajakda buyuk insonlar bo‘lib  etishishingizga  ishonaman.

Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz  bolajonlar !

908

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Iyul 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Iyun    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×