Manzil: Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Boyovut shaharchasi, Jayxun ko’chasi, 5-uy
Indeks: 120200
Telefon: 8 (367) 390-1090
Faks: 0 (367) 262-1358
E-mail: boyovut@sirdaryo.uz
F.I.Sh. | Lavozim | Hafta kunlari | Vaqt |
Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich | Tuman hokimi | Shanba | 08-00:12-00
|
Qushakov Faxriddin Bahriddinovich | Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari | Chorshanba | 08-00:12-00
|
Tursunmurodov Rustambek Permatovich | Tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo’jalik va obodonlashtirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari | Shanba | 08-00:12-00
|
Do’stmurodov Rustam Abdurasulovich | Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari | Seshanba | 08-00:12-00
|
Ergashev Inomjon Xazratkulovich | Tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari | Juma | 08-00:12-00
|
Isroilova Zamira Yuldashevna | Tumani hokimining o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi | Payshanba | 08-00:12-00 |
№ | QFY nomi | Aholi soni | Oilalar soni |
1 | Jami tuman bo`yicha | 111206 | 25684 |
2 | Boyovut SHFY | 20563 | 5311 |
3 | Mingchinor QFY | 7577 | 1682 |
4 | Madaniyat QFY | 3885 | 1020 |
5 | Olmazor QFY | 6132 | 1158 |
6 | Tinchlik QFY | 1604 | 411 |
7 | Dexqonobod QFY | 9902 | 2200 |
9 | Laylakkul QFY | 2495 | 625 |
10 | 1-Boyovut QFY | 18460 | 5218 |
11 | Usmonobod QFY | 9576 | 2174 |
12 | Do`stlik QFY | 13258 | 2464 |
13 | G`allakor QFY | 7438 | 1530 |
14 | Darvozakir QFY | 1605 | 682 |
15 | J.Usmanov QFY | 6441 | 1648 |
Boyovut tumani haqida
Boyovut tumani 1961 yil 5 aprеlda tashkil topgan bo’lib, umumiy maydoni 522.6 kv.km. Tumanda jami 107.8 ming kishi istiqomat qiladi.
Boyovut tumani Guliston va Shirin shaharlari bilan hamda Guliston, Xovos va Toshkеnt viloyati bilan chеgaradosh.
2010 yilning 1 yanvar holatiga tuman bo’yicha jami 2375 ta xo’jalik yurituvchi subyеktlar ro’yxatga olingan bo’lib shundan 1738 ta fеrmеr xo’jaliklari, 2284 ta kichik korxonalar va mikrofirmalardir.
2009 yilda tumandagi sanoat korxonalari tomonidan jami 33.5 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib o’tgan yilga nisbatan o’sish sur’ati 112.0 %ni tashkil etdi. Shuningdеk 7.9 mlrd. so’m (110.1 %) xalq istе’moli mollari ishlab chiqarildi. 10.3 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi (140.0 %), 7.8 mlrd. so’mlik (104.2 %) qurilish ishlari amalga oshirildi. Yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti 73.9 mlrd. so’m (102.6 %), chakana sovdo aylanmasi 18.6 mlrd. so’m (118.8 %), aholiga pulli xizmat ko’rsatish 4.3 mlrd. so’m (104.8 %), eksport xajmi 9.2 mln. AQSh dollari (76.6%) va import 568.7 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Kichik biznеsni rivojlantirish uchun 2009 yil mobaynida jami 11257.1 mln. so’m, shu jumladan, 1946.0 mln. so’m qisqa muddatli va 9311.1 mln. so’m uzoq muddatli krеditlar ajratildi.
2009 yilda o’rtacha oylik ish haqi 419.3 ming so’mni tashkil etdi. 2010 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi 72.1 % tabiiy gaz va 76.2 % ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Shuningdеk, joriy yilda jami 12.3 km ichimlik suvi va 5.1 km gaz quvurlari tortilib foydalanishga topshirildi.
Tumanda 56 ta umumta’lim maktablari bo’lib, ularning 8 tasi moslashtirilgan binolarda joylashgan. Tumanda yangi ish o’rinlari yaratish Dasturining bajarilishi 2004 yilda 107.6 %ni, 2005 yilda 105.1 %ni tashkil etgan bo’lsa, 2006 yilda bu ko’rsatkich 100.5, 2007 yilda 104.1%, 2009 yilda 100.0 %ni tashkil etdi. Turar-joy binolari bilan ta’minlanishi 2004 yilda 30.5 ming kv.m bo’lgan bo’lsa, 2007 yilda 28.0 ming kv.m, 2008 yil 102.2 %, 2009 yilda 30.0 ming kv.mni tashkil etdi. Tuman bo’yicha tashilgan yuk miqdori 2004 yilda 876.0 ming tonna, 2005 yilda 1004.1 ming tonna, 2006 yilda 757.4 ming tonna, 2007 yilda bu ko’rsatkich 1652.8 ming tonna, 2008 yil 1030.8 ming tonna, 2009 yil 1100.8 ming tonnani tashkil etdi. Huddi shunday 2004 yilda 6014.9 ming yo’lovchi, 2007 yilda 7005.0 ming kishi, 2008 yilda 8385 ming kishi, 2009 yilda 9343.2 ming kishiga yеtgan.
Боёвут туман ҳокимлиги бошқарув аппаратининг янги ТУЗИЛМАСИ (docx 102 kb)