Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 6

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat Hokimi

Mirzayev G’ofurjon G’aniyevich

Manzil: 120100, Guliston shahri, Islom Karimov ko’chasi, 60-uy

Telefon: 0 (367) 225-0778

Faks: 0 (367) 225-33-51

E-mail: info@sirdaryo.uz

Biografiyasi

 

Fuqarolarni qabul qilish kunlari:

Sirdaryo viloyati hokimi Mirzayev G’ofurjon G’aniyevich qabuliga har shanba soat 9:00 dan 13:00 gacha tashrif buyurishingiz mumkin.

Qabul qilish joyi: viloyat hokimligi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat) .

Viloyat hokimi vazifalari

 

Viloyatda vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaruvchisi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi rasmiy vakili hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida va “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunda ko’rsatilgan vakolatlarini yakka boshchilik asosida amalga oshiradi.

Viloyat hokimining barcha o’rinbosarlari, shahar va tuman hokimlari, viloyat hokimligining apparati faoliyatiga rahbarlik qiladi. Viloyat hududida qonuniylik, huquq tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaydi. Davlat, xo’jalik va ijtimoiy-iqtisodiy qurilish hamda kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo’yish masalalari bilan shaxsan shug’ullanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi.

O’ziga berilgan vakolatlar va amaldagi qonunlar doirasida viloyatdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi.

Zaruratga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyalarga raislik qiladi, kun tartibiga kiritilgan  masalalarni taklif qiladi. Kengash hujjatlariga imzo qo’yadi va tasdiqlaydi. Ish faoliyati yuzasidan bir yilda bir marta xalq  deputatlari viloyat kengashiga hisobot  beradi.

Viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshiradi, viloyatlarning istiqboldagi rivojlanishi yuzasidan qabul qilingan dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi.

Davlat mukofatlari bilan taqdirlashga tavsiya etadi. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga rahbarlik qiladi va masalalarni ko’rib chiqishni tashkil etadi. Ma’muriy organlar, mudofaa ishlari va bojxona boshqarmalari masalalarini ko’rib chiqishni tashkil etadi. Bevosita viloyat hokimining axborot-tahliliy, tashkiliy-nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo’yicha guruhlari, viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi, viloyat hokimligi huquqshunosi, viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyasi mas’ul kotibi, viloyat hokimligi nazorat monitoring sho’basi, viloyat hokimligi axborot markazi, viloyat hokimi tomonidan o’tkazilgan yig’ilishlarda qabul qilingan bayoniy qarorlar va topshiriqlar ijrosini monitoring yurituvchi va nazorat  qiluvchi mas’ul-kotibiyati hamda ishlar boshqarmasi faoliyatini bevosita muvofiqlashtiradi.

 

Quyidagi viloyat tashkilotlari ishini o’rnatilgan tartib asosida muvofiqlashtiradi:

 

  • O’zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi
  • Viloyat prokuraturasi
  • Viloyat adliya boshqarmasi
  • Viloyat ichki ishlar boshqarmasi
  • Jinoiy ishlar bo’yicha viloyat sudi
  • Fuqarolik ishlari bo’yicha viloyat sudi
  • Viloyat bojxona xizmati boshqarmasi
  • Viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi
  • Viloyat xo’jalik sudi
  • Harbiy qismlar
  • Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
  • Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash  departamentining Sirdaryo viloyati hududiy bo’limi
  • Xovos temir yo’l transporti prokuraturasi
  • Xovos temir yo’l transporti ichki ishlar bo’limi

 

Quyidagi Kengash va komissiyalar faoliyatini o’rnatilgan tartib
asosida muvofiqlashtiradi:

 

  • Viloyat Ma’naviyat va targ’ibot Kengashi
  • Viloyat mudofaa Kengashi
  • Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining Sirdaryo viloyati hududiy komissiyasi
  • Viloyatda kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirishni muvofiqlashtirish Kengashi
  • Respublika Mustaqilligi va Navro’z umumxalq bayramlarini o’tkazuvchi viloyat  komissiyalari  
  • Viloyat hokimligi huzuridagi narkotik moddalar ustidan nazorat qilish mintaqa komissiyasi
  • Respublika hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar, shu jumladan  MDH qatnashchilari bo’lgan davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun doimiy ro’yxatdan o’tish masalalari bilan shug’ullanuvchi viloyat maxsus komissiyasi
  • Viloyat hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyasi
  • Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha viloyat idoralararo komissiyasi
  • Toponomik ob’ektlarga nom berish ishlarini muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasi
14 472

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Dekabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Noy    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×