Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 2

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi

Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi faoliyat yo’nalishlari va vazifalari:

 

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi PF-3226-sonli Farmonida belgilab berilgan qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan yagona strategik siyosatni shakllantirish va amalga oshirishni, qishloq va suv xo’jaligi tashkilotlari va korxonalarini imkoniyatlaridan kompleks va oqilona foydalanishni ta’minlaydi.
  • Agrosanoat sohasiga aloqador boshqarmalar, kompaniyalar, birlashmalar, kontsernlar, uyushmalar bilan hamkorlikda viloyat miqyosidagi keng ko’lamli, istiqbolli dolzarb masala-muammolarni ko’rib chiqib, hal qilish uchun taalluqli yuqori tashkilotlarga taklif kiritadi.
  • Yangi texnologiyalar, zamonaviy agrotexnika usullarini joriy etish, qishloq xo’jaligi ekinlari selektsiyasi, urug’chiligini rivojlantirish, ularni navlar bo’yicha joylashtirish, o’simliklarni himoya va kasalliklar tarqalishini nazorat qilish, yerdan unumli foydalanish, o’g’itlarni va pestitsidlarni qo’llash, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish bo’yicha texnika siyosatini yuritish, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda naslchilik ishlarini, servis xizmatlarini rivojlantirish masalalarini tartibga soladi
  • Paxtachilik, g’allachilik, sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumchilikni rivojlantirish hamda ularni qayta ishlash, chorvachilikni rivojlantirish, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish muammolari bo’yicha zarur shart-sharoitlar yaratish ishlarini muvofiqlashtiradi.
  • Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor printsiplari va mexanizmlari asosida xizmat ko’rsatayotgan tarmoqlar, bo’g’inlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etadi. Tizimda narx, tannarx va sanatsiya siyosatini amalga oshiradi.
  • G’o’zaning serhosil, ertapishar, tolasi xaridorgir bo’lgan istiqbolli navlarini hududlar bo’yicha joylashtirish, zamonaviy texnologiya va agrotexnika usullarini qo’llash, texnika, mineral o’g’itlardan to’g’ri foydalanish masalalari bo’yicha fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishni tashkillashtirish.
  • Viloyatning mintaqaviy tabiiy shart-sharoitidan kelib chiqqan holda boshoqli don, dukkakli va moyli ekin turlarining selektsiyasi, urug’chiligi va ularni navlar bo’yicha joylashtirish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni qo’llash, tuproqning struktura holatini yaxshilashning intensiv texnologiyalarini o’zlashtirish, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish.
  • Don, urug’lik etishtirish va sifatini aniqlash bo’yicha yangi davlat standartlarini, uslubiy qo’llanmalar va yo’riqnomalarni ishlab chiqishda vazirlikning talablarini ta’minlash.
  • Sabzavot-poliz, bog’dorchilik va boshqa ekinlar selektsiyasi, urug’chiligi va ularni nav bo’yicha joylashtirish, zamonaviy, ilg’or ilmiy-texnika yutuqlarini joriy qilish, istiqbolini belgilash, sohani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Meva-sabzavot, poliz va uzum mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirib, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqish va ularni eksport qilishning tahliliy ishlarini tashkil etish.
  • Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish sohalarini isloh qilish, ularni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlarini belgilash, samaradorligini oshirish, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga texnikalar, mineral o’g’itlar va kimyoviy preparatlar yetkazib berish hamda texnik servis xizmati ko’rsatish.
  • Qishloq xo’jaligi ekinlari turlarini, ularni yetishtirish texnologiyalarning mintaqaviy iqlim va tuproq sharoitlariga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kartogrammalar asosida mineral va mahalliy o’g’itlar, kimyoviy preparatlar hamda noan’anaviy agrorudalardan samarali foydalanishning usullari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishni tashkil etish.
  • G’o’zaning serhosil, ertapishar, tolasi xaridorgir bo’lgan istiqbolli navlarini hududlar bo’yicha joylashtirish, zamonaviy texnologiya va agrotexnika usullarini qo’llash, texnika, mineral o’g’itlardan to’g’ri foydalanish masalalari bo’yicha fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishni tashkillashtirish.
  • Viloyatning mintaqaviy tabiiy shart-sharoitidan kelib chiqqan holda boshoqli don, dukkakli va moyli ekin turlarining selektsiyasi, urug’chiligi va ularni navlar bo’yicha joylashtirish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni qo’llash, tuproqning struktura holatini yaxshilashning intensiv texnologiyalarini o’zlashtirish, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish.
  • Don, urug’lik yetishtirish va sifatini aniqlash bo’yicha yangi davlat standartlarini, uslubiy qo’llanmalar va yo’riqnomalarni ishlab chiqishda vazirlikning talablarini ta’minlash.
  • Hayvonlar va baliqlarni yuqumli kasalliklardan ximoya qilish va ularni tarqalishini oldini olish monitoringini olib borish, servis xizmati ko’rsatish tarmoqlarini tashkil etish.
  • Ozuqa yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash, ozuqalardan to’g’ri foydalanishni tahlil qilish, ozuqabop ekinlarning maydonlarini belgilashda mol bosh sonlarini e’tiborga olib mutanosib joylashtirish bo’yicha taklif tayyorlash.
  • Parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarish xajmlarini ko’paytirish va yetishtirilgan maxsulotlarni sotishda xo’jaliklarga amaliy yordam ko’rsatish.
  • Suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish maqsadida irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari orqali iste’molchilarning suv bilan limit asosida  uzluksiz va vaqtida ta’minlanishini tashkil qilish.
  • Irrigatsiya tizimlari va inshootlaridan foydalanishni takomillashtirish, samaradorligini oshirish, ularning texnik ishonchliligini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish.
  • Favqulotda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda irrigatsiya inshootlarini sel va suv toshkinlaridan himoya qilish chora-tadbirlarini tuzish, avariya holatlarini aniqlashda qatnashib, ularni bartaraf etishni ta’minlash.
  • Irrigatsiya inshootlarini ekspluatatsiya qilishning yangi texnologiyalarini yaratish va joriy etish, texnik vositalarini zamonaviylashtirish ishlariga ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb etish.

 

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Mustaqillik ko’chasi 62 uy

Telefon: 0 (367) 225-06-31

Faks: 0 (367) 225-06-67

www.agro.uz

2 374

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Iyun 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« May    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×