Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 2

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi

Aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi va sport bilan ommaviy shug’ullanishni targ’ib qilish maqsadida Sirdaryo viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi va sport bilan ommaviy shug’ullanishni targ’ib qilish, sportda oilaning roli va ahamiyatini kuchaytirishga, “Oila jamiyatimizning muhim bo’g’ini”, “Ma’naviyat oiladan boshlanadi”, “Oilaning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzularida bolalar va o’smirlar sport maktablarida targ’ibot tashviqot tadbirlari va seminarlari o’tkazildi.

Viloyat xotin, qizlar qo’mitasi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Alpomish” sport majmuasida “Otam onam va men sportchilar oilasi” shiori ostida viloyat bosqichi sport musobaqasi yuqori saviyada o’tkazildi. G’oliblarga homiylar tomonidan ajratilgan sovg’alar taqdim etildi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o’rtasida sportning badiiy gimnastika turi bo’yicha Sirdaryo viloyati hokimi kubogi o’tkazildi. Ushbu musobaqada shahar va tumanlardan tashrif buyurgan 210 nafardan ortiq qizlar qatnashdilar. G’olib va sovrindorlarga viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasining hamda homiy tashkilotlarning esdalik sovg’alari taqdim etildi.

“Biz –yagona jamoamiz, biz yagona oilamiz” mavzuyida yoshlar ishtirokida tadbirlar o’tkazildi.

Joriy yilning 14-may kuni Guliston shahrida joylashgan “Guliston” markaziy o’yingohida 15-may “Xalqaro oila kuni” hamda “Obod turmush yili”ga bag’ishlab oilaviy jamoalar o’rtasida “Sog’lom oila-jamiyat tayanchi” shiori ostida 2 km masofaga yugurish marafoni o’tkazildi. Tadbirda 280 nafardan ortiq turli xil yoshdagi viloyat vakillari qatnashdilar. G’oliblarga homiylar tomonidan esdalik sovg’alar taqdim etildi.

“Obod turmush yili”ga bag’ishlab viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 4-TIP bolalar o’smirlar sport majmuasida viloyat sport federatsiyalari bilan hamkorlikda sportning Taekvon-do VTF turi bo’yicha Guliston shahar ochiq birinchiligi o’tkazildi. Musobaqada barcha tuman, shaharlardan 200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdilar. G’olib va sovrindorlarga homiylar tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

“Obod turmush yili”ga bag’ishlab 1-iyun “Xalqaro bololarni himoya qilish kuni”da sportning karate turi bo’yicha bolalar va o’smirlar o’rtasida viloyat ochiq Chempionati o’tkazildi. G’olib va sovrindorlarga viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasining hamda viloyat karate federatsiyasining esdalik sovg’alari taqdim etildi.

“Otam, onam va men sportchilar oilasi” shiori ostida viloyat tashkilot xodimlari o’rtasida viloyat bosqichi o’tkazildi. Musobaqada 15 tadan ortiq oila ishtirok etdi. G’oliblarga viloyat kasaba uyushmalari, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda homiy tashkilotlarning esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Shahar va tumanlarda voyaga yetmaganlar o’rtasida voleybol, basketbol, kurash, futbol, stol tennisi, shashka, shaxmat, badminton, suzish va sharqona yakka kurash sport turlari bo’yicha birinchiliklar o’tkazildi.

2013-yil I-yarim yillik davomida viloyat sportchilari Respublika, Osiyo, Xalqaro, Jaxon musobaqalari va Olimpiya sport o’yinlarida qatnashgan xolda viloyatimiz sha’nini himoya qilib mamlakatimiz bayrog’ini yuqori ko’tarilishiga o’z xissalarini qo’shishdi.

O’tgan 9 oy mobaynida viloyatda 6 ta Respublika birinchiliklari, 39 tadan ortiq sport turlari bo’yicha viloyat chempionatlari va birinchiliklari yuqori saviyada o’tkazildi.

Bulardan tashqari, viloyat sportchilari akademik eshkak eshish, velosport, yengil atletika, shashka, shaxmat, qo’l to’pi (qizlar), taekvondo, karate, badiy gimnastika, belbog’li kurash, kombat ayki-do, oyama karate-do, O’zbek jang san’ati, kikboks, kurash, armrestling va boks turlaridan respublika musobaqalarida ishtirok etib yuqori natijalarni ko’rsatib kelmoqda.

Viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi nogironlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoitlar yaratish, ularni murabbiylar, sport anjomlari va asbob- uskunalar bilan ta’minlash borasida bir muncha ishlarni amalga oshirmoqda.

Viloyatnig chekka hududlarida aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi va sport bilan ommaviy shug’ullanishni targ’ib qilish hamda yoshlarni sportga ko’proq jalb qilish maqsadida sport turlarining kombat ayki-do , taekvondo VTF, karate, O’zbek jang san’ati, kikboks, kurash, armrestling, boks va boshqa sport turlari bo’yicha sport sektsiyalari tashki etildi hamda malakali murabbiylar bilan ta’minlandi.

www.mcs.uz

936

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Iyun 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« May    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×