Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 1

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Iqtisodiyot boshqarmasi

Sirdaryo viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasining nizomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 37-qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining 2003 yil 25 yanvardagi 3-k-sonli buyrug’iga muvofiq tasdiqlangan.

Iqtisodiyot bosh boshqarmasi o’z zimmasiga yuklangan vazifalarni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning qisqa, o’rta va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqish va ushbu prognozlar amalga oshirilishini ta’minlash hamda viloyat xokimligining umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi korxona, tashkilot va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish yo’li bilan ado etadi, umumiqtisodiyot kompleksi esa viloyat hokimining qaroriga binoan, viloyat hokimining o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlash tartibiga muvofiq belgilanadi.

Iqtisodiyot bosh boshqarmasi viloyat hokimligiga va O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga bo’ysunadi.

Sirdaryo viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasining asosiy vazifalari:

  • Jamiyatni rivojlantirish va demokratik tarzda o’zgartirishning maqsad va ustivor yo’nalishlariga asoslanib, viloyat iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish va isloh qilishning puxta o’ylangan strategiyasi ishlab chiqilishini, viloyat iqtisodiyotini boshqarishning bozor usullari va mexanizmlari joriy qilinishini tashkil etishdan;
  • Viloyat va tarmoqlar iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarini, darajasini kompleks tahlil qilishdan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar rivojining yo’nalishlarini o’rganishdan, viloyat iqtisodiyotidagi va tarmoqlardagi nomutanosibliklarning ta’sirini o’rganishdan, ularni bartaraf qilish yo’llarini asoslab berishdan;
  • Viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishning turli senariylarini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning viloyatda joylashgan tuman (shahar) iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha qisqa, o’rta va uzoq muddatli prognoz va dasturlarini ishlab chiqishdan;
  • Byudjet-soliq, pul kredit, valyuta va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yo’nalishlari bo’yicha taklif kiritishdan;
  • Demografik prognozlar tuzishdan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, ichki iste’mol bozorini to’ldirish, xalq farovonligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo’yicha dasturlar yaratishdan;
  • Viloyat iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishning o’rta va uzoq muddatli prognozlarini, tarmoqlarni rivojlantirish, zamonaviylashtirish va texnologiya jihatidan qayta jihozlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, resurslarni tejash imkonini beradigan texnologiyani joriy qilish dasturlarini yaratishdan;
  • Viloyatni kompleks rivojlantirish imkonini beradigan qisqa va o’rta muddatli sarmoya dasturlarini ishlab chiqishga doir ishlarini muvofiqlashtirishdan;
  • Viloyat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish uchun mahalliy ma’dan va xom-ashyo resurslaridan unumli foydalanish dasturlarini yaratishdan;
  • Eksport imkoniyatini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha taklif kiritishdan, mahsulotni (ish, xizmat turlarini) eksport qilishni prognoz qilishdan;
  • Viloyat aholisini ish bilan ta’minlash, iste’mol bozorini mahsulot va xizmat turlari bilan to’ldirish asosida aholining turmush darajasini ko’tarishning yo’nalish va aniq yo’llarini belgilashdan;
  • Iqtisodiyot va ijtimoiy sohada ro’y berayotgan jarayonlarni tahlil qilish usullarini takomillashtirishdan iboratdir.

 

Sirdaryo viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasining manzili

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Mustaqillik ko’chasi 35-uy

Mo’ljal: Guliston shahar hokimligi binosi.

Telefon: 0 (367) 225-35-36

Faks: 0 (367) 225-11-51

E-mail: sir-econom@mail.ru

935

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Iyun 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« May    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×