Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 7

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Xalq ta’limi boshqarmasi

 

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufida jami 502 ta ta’lim muassasasi bo’lib, shundan 299 ta maktab,  3 ta maxsus maktab-internati, 155 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 12 ta “Barkamol avlod” markazi, 14 ta musiqa va san’at maktabi, 17 ta bolalar va o’smirlar sport maktabi, 1 ta “Bolalar shaharchasi”, 1 ta pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti   faoliyat ko’rsatmoqda.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida 115 425  nafar o’quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 9 187 nafar o’qituvchi dars bermoqda. O’qituvchilarning 8 042 nafari oliy ma’lumotli pedagoglardir.

Maktabgacha ta’lim muassasasi 155 tani tashkil etib, ularda 1263 nafar pedagog 14549 nafar tarbiyalanuvchiga tarbiya bermoqda. Viloyat bo’yicha bolalarni qamrab olish 32,2 foizni tashkil qiladi.

Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 302 ta umumta’lim maktablaridan barchasida personal kompyuterlar, 202 ta umumiy o’rta ta’lim maktablarida zamonaviy kompyuterlar sinfi bo’lib, xozirgi kunda 280 ta maktab kompyuterlari Internetga tarmog’iga 3 ta tashkilot orqali (provayder)  ulangan.

O’tgan o’quv yilini sarhisob qilsak, bir qancha ijobiy ishlarni amalga oshirdik.

Viloyatdagi barcha ta’lim muassasalarida byudjet mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanish maqsadida “Oshkoralik stendi” (ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlar) joriy qilindi.

O’zbekiston Respublikasida 12 yillik majburiy ta’lim va bunda ota-onalarning majburligini targ’ib etuvchi banner loyihasi ishlab chiqildi va barcha ta’lim muassasalarida joylashtirildi.

Ta’lim islohotlarida ota-onalarning rolini oshirish, ularning yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonlaridagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida boshqarmaning viloyatdagi barcha ota-onalarga murojaati qabul qilindi va bu murojaatnoma 94 000 oilaga yetkazib berildi.

Viloyatda ta’lim tizimi sifat va samaradorligini yanada oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonida rahbarlar, ularning o’rinbosarlari va o’qituvchi-murabbiylarning mas’uliyatini oshirish maqsadida bir guruh ta’lim faxriylarining “Ta’lim tizimidagi barcha xodimlar, ota-onalar va keng jamoatchilikka murojaati” qabul qilindi va barcha ta’lim muassasalariga yetkazib berildi.

Sirdaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida o’qituvchi, ustoz va murabbiylarga murojaati qabul qilindi. Ushbu murojaatdan kelib chiqib, o’qituvchilarni barcha o’quvchilarga murabbiy etib biriktirish tizimi amalga kiritildi.

http://sirdaryovxtb.uzedu.uz

1 825

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Avgust 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Iyul    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×