Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 4

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Adliya boshqarmasi

Adliya boshqarmasi asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari quydagilar:

Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonun ustuvorligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga yo’naltirilgan jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni qo’llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish;

Davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, shu jumladan prokuratura organlarining huquqni qo’llash faoliyatida qonun hujjatlari talablariga, qonuniylikka qat’iy rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda samarali nazorat amalga oshirish; ular tomonidan suiiste’molliklarga, qonunbuzarliklarga, qonun hujjatlari talablarini ijro qilmaslik holatlariga, huquqiy normalarni o’zboshimchalik bilan, noto’g’ri talqin qilinishiga, qonunni qo’llashda sub’ektivlikka, tor idoraviy, tanlov asosida yondashishga yo’l qo’ymaslikka yo’naltirilgan huquqiy ta’sir choralarini amalga oshirish;

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini tizimli tahlil qilishni tashkillashtirish, ular tomonidan kiritiladigan yoki qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan har tomonlama ekspertizani amalga oshirish;

Amaldagi qonun hujjatlarida “oq dog’lar”ni, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korruptsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratayotgan qoidalar va normalarni aniqlash;

Fuqarolik jamiyati institutlarining har tomonlama rivojlanishini, ularning aholining turli qatlamlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda faol ishtirokini huquqiy ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va halqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash;

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko’rsatishining qonuniyligini, tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishni ta’minlash;

O’z hududida ro’yxatdan o’tgan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o’tkazish;

Jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo’naltirilgan davlat organlarining hududiy bo’linmalari, jamoat birlashmalarining huquqiy targ’ibot va ma’rifat sohasidagi ishlarini samarali muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

Notariat, advokatura, FHDYo organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko’rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan davlat tomonidan tartibga solish tizimini izchil takomillashtirib borish;

Bozor islohotlarini chuqurlashtirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, bu sohada byurokratik to’siq va g’ovlarni yaratishga yo’l qo’ymaslik;

Shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash, shartnomalarni, eng avvalo qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasida shartnomalarni tuzish va bajarishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga amaliy huquqiy yordam ko’rsatish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo’yicha ishlarni tashkil etish.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida murojaatlarni qabul qilish vaqtlari

Fuqarolar va ularning murojaatlari hamda arizalari haftaning 5 ish kunida dushanbadan jumaga qadar soat 9.00 dan 18.00 gacha Guliston shahar, Al-Xorazmiy ko’chasi, 24-uyda qabul qilinadi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi manzili

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Guliston shahri, Al-Xorazmiy ko’chasi, 24-uy

Tel:  

0 (367) 225-00-93

0 (367) 225-09-69

www.sirdaryo.adliya.uz

779

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
Aprel 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Mar    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×