Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 27

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

BAG‘RIKENGLIK – OLIJANOBLIK

Navbahor qishlog‘i Mirzaobod tumanidagi chekka hududlardan. Bu erda o‘zbeklar bilan yonma-yon tojik, qozoq, rus, tatar, koreys, qirg‘iz va boshqa millat vakillari og‘a-inilardek ahil-inoq yashab, o‘z maskanlarini obod va ko‘rkam go‘shaga aylantirishmoqda.

Qishloqqa o‘tgan asrning 70- yillarida asos solingan. O‘sha paytlar cho‘l bag‘ridagi qishloqlar 25-30 tacha ikki qavatli va 15-20 ta kottedj uylardan iborat bo‘lgan. Bu xonadonlarda chorva boqish uchun na molxona, na xashakxona va na tomorqa maydoni uchun er ajratilgandi. Hududdagi xo‘jaliklarga qaysi millat vakilidan rahbar tayinlansa, uning zimmasiga o‘z ortidan ishchi kuchi ergashtirib, xo‘jalikni oyoqqa qo‘yish vazifasi yuklangandi.

Istiqlol sharofati bilan qishloq qiyofasi butunlay o‘zgardi. Odamlar yangi imoratlar qurishga kirishib, farzandlarini uyli-joyli qilishdi. Qishloqda hozir 2 ta mahalla guzari, 20 tadan ziyod fermer xo‘jaligi, 1 ta umumta’lim maktabi, 6 ta savdo shoxobchasi, 3 ta sartaroshxona, 2 ta go‘zallik saloni, 2 ta tikuvchilik ustaxonasi, 1 ta madaniyat saroyi va boshqa ko‘plab madaniy-maishiy ob’ektlar, tadbirkorlik sub’ektlari bor.

E’tiborlisi, qishloqda baynalmilal oilalar vujudga kela boshladi. «Yaxshi qiz mahalladan chiqmaydi» degan hikmatga amal qilgan xonadonlar quda-andachilikni millatiga qarab emas, balki quda bo‘lmishning mahallada tutgan o‘rni va e’tiboriga qarab tanlamoqda.

Har yili viloyatda o‘tkaziladigan Navro‘z bayramida Navbahor qishlog‘ida yashovchi qozoq va qirg‘izlar, o‘zlarining milliy an’analariga ko‘ra, o‘tovlar qurib, bayramga tashrif buyurganlarni dasturxonga taklif etishadi. Oqinlar, baxshilar do‘mbira chertib, mustaqil yurtimizdagi baxtli, farovon turmushni madh etadilar. Qishloqning o‘zida esa Navro‘z bayrami keng va qizg‘in nishonlanadi.

– Umumxalq xayriya hasharida ko‘cha va yo‘l bo‘ylariga 600 tupdan ko‘proq mevali va manzarali daraxt nihollari o‘tqazildi, 1000 tupdan ziyod turli   gul ko‘chatlari ekildi, – deydi fuqarolar yig‘inining ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasi raisi Nishonboy Odamboev. – Qishloqdagi 6 ta ko‘cha asfaltlandi. Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun 10 ta transformator sozlandi. Bayramga sovg‘a sifatida hududdagi «Kichkintoy» bolalar bog‘chasi ta’mirdan chiqarilib, ishga tushirildi. «Eng orasta xonadon» tanlovi tashkil etilib, unda ishtirok etgan oila bekalariga homiylar va tadbirkorlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Navro‘z bayrami arafasida tadbirkor Xosiyat To‘ychieva ayollar uchun «Go‘zallik saloni»ni ishga tushirgan bo‘lsa, yana bir ishbilarmon Nigora Xolboeva esa tikuvchilik sexida bejirim liboslar tikishni yo‘lga ko‘ydi. Bu kichik tadbirkorlik sub’ektlarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Eng muhimi, xizmat narxlari ham hamyonbop.

Bag‘rikenglik maskani bo‘lmish bu go‘shada har bir yumush ko‘pchilik bilan bamaslahat amalga oshiriladi. Yig‘in faollari, keksa otaxon va onaxonlar barcha xayrli tadbirlarda bosh-qosh.

Darvoqe, viloyatda 70 dan ziyod turli millat va elat vakillari yashashadi. Viloyatda ta’lim rus, qozoq, qirg‘iz, tojik tillarida olib boriladigan maktablar bor. Ayni paytda viloyatda 5 ta – rus, qozoq, qirg‘iz, ozarboyjon va koreys milliy madaniy markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Qirg‘iz  milliy madaniy markazining “Jan-janay”, koreys milliy madaniy markazining “Moran” xalq ansambllari va rus-slavyan milliy – madaniy markazidagi “Rostok” (“Nihol”) bolalar va ozarbayjon milliy madaniyat markazining “Shalola” badiiy jamoasi  shular jumlasidan.

 

                                                                                                                                 Toshpo‘lat  HAYITBOEV

798

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Avgust 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Iyul    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×