Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 4

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Axborot xizmati

SIRDARYO VILOYATI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI FAOLIYATI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № 203 qarori asosida 2006 yil 29 sentyabr kuni viloyat hokimining № 133-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorlar talablari asosida viloyat hokimligida matbuot xizmati tashkil qilingan.
Viloyat hokimligi qoshida matbuot xizmati bilan shug‘ullanuvchi 1 ta shtat birligi ajratilgan.
Shtat birligiga O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi Sultonov Ortiq qabul qilingan.
Mutaxassisligi – o‘qituvchi, siyosatshunos. 1954 yilda tug‘ilgan.
Viloyat hokimining 2011 yil 13 yanvardagi 9-sonli farmoyishiga muvofiq shu lavozimga tayinlangan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati to‘g‘risidagi Nizom 2011 yil 4 fevralda tasdiqlangan.
OAV vakillari bilan viloyat hokimi, shuningdek, hokimlikning boshqa mas’ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumanlari o‘tkazib turilmoqda.
Matbuot anjumanlari OAVda, viloyat hokimligining veb-saytida muntazam yoritib borilmoqda.
Veb-saytda, viloyat ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Davlat dasturlari, kompleks chora-tadbirlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z vaqtida yoritilmoqda va jamoatchilikka etkazilmoqda. Mazkur huquqiy hujjatlar bo‘yicha sharhlar, tahliliy maqolalar va ko‘rsatuvlar, viloyat fuqarolarini munosabatlari berilishiga erishilmoqda. Xuddi shuningdek, veb-saytda ham ana shu tipdagi materiallar muntazam berib borilmoqda.
Matbuot xizmati ish faoliyati davlat tilida yuritilmoqda. Axborotlar veb-saytga davlat tilida, lotin yozuvida joylashtirilmoqda. Viloyat hokimligida o‘tkazilayotgan barcha yig‘ilishlar, tadbirlar veb-saytda o‘z aksini topayapti hamda viloyat ommaviy axborot vositalarida muntazam berib borilishi ta’minlanmoqda.
Viloyat hokimiligining veb-sayti sirdaryo yz. deb nomlanadi. U UZ domenida joylashgan. Uning tezkorligi va yangilanib borishi nazoratga olingan.
Axborot yig‘ish, umumlashtirish, qayta tayyorlash va uni uzatish ishlari viloyat hokimligining axborot xizmati rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Axborot xizmati rahbari bilan viloyat hokimligining guruh rahbarlari, kotibiyat mudirlari, boshqarmalar, viloyat korxona, tashkilot va muassasalari bilan hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ular tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar veb-saytda muntazam yoritib borilmoqda.
Viloyat hokimligi axborot xizmati viloyatdagi barcha yangiliklardan, voqea-hodisalardan hamisha xabardor.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining viloyat hokimligi muassisligidagi, viloyat matbuot va axborot boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tgan 22 ta gazeta, 1 ta jurnal, radio va televidenie bilan aloqasi mustahkam.
OAVlarini viloyat hokimligidagi qabul qilinayotgan hujjatlar, yangiliklar bilan ta’minlash vazifasini viloyat hokimligi axborot xizmati o‘z zimmasiga olgan.

 

Sirdaryo viloyati hokimligi rasmiy veb saytiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish uchun mas`ul hodim Sirdaryo viloyati kompyuterlashtirish markazi dasturlash bo`yicha bosh mutaxassis Muratov Murodxo`jaga yuklatilgan.
Tel: 0 (367) 2350235
E-mail: mmuratov@sirdaryo.uz

1 245

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Iyun 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« May    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×