Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 4

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili. FARZAND TARBIYASI – MUHIM ISH

21 Yanvar, 2017
457

Mustaqillik yillarida xalqimizning nafaqat turmush tarzida, ongu shuurida, hayotga munosabatida, orzu-intilishlarida chinakam yuksalish ro‘y berdi. Fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligi oshdi.

Har bir yurtdoshimiz Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini katta qiziqish va zo‘r hayajon bilan kutib oldi. Inchunin, mazkur ma’ruza bilan tanishish asnosida xalq va Vatan manfaati yo‘lidagi islohotlarning yangi sifat bosqichiga chiqqanini to‘la-to‘kis anglash mumkin. Shu bilan birga, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhasida qonun ustuvorligi hamda inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash yurt taraqqiyotining, xalq farovonligining garovi ekani juda keng va chuqur tahlil qilingan. Ayni maqsadda aniq ustuvor vazifalar belgilab berilgan ma’ruza har birimizni yon-atrofga teranroq razm solib, mushohada yuritishga chorlaydi.

Xususan, unda inson manfaati har narsadan ulug‘, degan ezgu g‘oya asosida sud- huquq, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi islohotlarni yanada rivojlantirish, jamiyat taraqqiyotiga pand berayotgan va fuqarolarni qiynayotgan turli byurokratik to‘siqlar hamda muammolarni tezkor hal etish, qonunlar ijrosini ta’minlashda vakillik organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini yanada kuchaytirish masalalari qamrab olingani barchaga mamnunlik bag‘ishlaydi.

Prezidentimiz ma’ruzasida “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz, ota-onalar, ustoz – murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim”, degan fikrlar ham har birimizni ogohlikka, yoshlar tarbiyasida qat’iy bo‘lishga undaydi.

Hududimizdagi barcha fuqarolar yig‘inlarida voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular joylarda farzandlarimizning barkamol ulg‘ayishi, sport bilan shug‘ullanishi, zamon talablari darajasida bilim olishi va kasb-hunar egallashi uchun fidoyilik ko‘rsatmoqda. Zotan, Abdurauf Fitrat bobomiz ta’kidlaganidek, xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, izzat-hurmat topishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq.

 

Lola MURATOVA,

huquqshunos

 

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
Yanvar 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Dek    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×