Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 5

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili. EL ORALAGAN EL BILADI

20 Fevral, 2017
580

El oralagan el biladi. Ha,  donishmand xalqimiz topib aytgan. Tasavvur qiling, oddiy bir ishchi betob bo‘lib qoldi, uni ko‘rgani rahbari keldi. “Holingiz qanday, nima yordam kerak?” dedi. Ishchi uchun shuning o‘zi etarli. Ko‘ngli tog‘dek ko‘tariladi, endi tezroq sog‘ayadi, ishga qaytganida yaxshiroq ishlaydi. Eng muhimi rahbarining odamshavandaligini bir umr unutmaydi, gapirib yuradi.

Otam to‘qson yoshida ham tetik, baquvvat edi. Paxtaning qadri insondan ham baland turgan sho‘ro zamonida katta yo‘llarning bo‘yidagi simyog‘ochlarga “Terib ol” degan qutilar osib qo‘yilar, yo‘l chetidagi to‘kilgan paxtalar o‘quvchilarga terdirilib, o‘sha qutilarga solinardi. Uyimiz katta yo‘lga yaqin edi.

Bir kuni qishlog‘imizdagi kattayu kichikni bir joyga yig‘adilar. Jo‘raboy Tishliqov degan kishi kolxoz raisi edi. Yig‘ilganlar orasidan otamni topib yoniga chaqiradi. “Har tongda mana shu otaxonning yo‘l chetidagi to‘kilgan paxtani terib yurganini ko‘raman. Sizni bu yumushga kim buyurdi?” deb so‘raydi. “Bekorchilikda ermak-da bo‘tam, nonning uvog‘iyam non deganlariday paxtaning ham uvoli bor” javob beradi otam. Rais xursand bo‘lib hammaning oldida otamga bir juft poyabzal hadya qiladi. Shu bahona keyinchalik hamma keksa otaxonlar yo‘l bo‘yidagi paxtalarni terish tashabbusi bilan chiqadilar. Raisni hamma o‘shanda ko‘rgan, yaxshi, e’tiborli odam sifatida hamon eslab yurishadi. Otam “mashinasidan tushib men bilan ko‘rishdi-ya, kamsuqum ekan, baraka topsin” deb umrining oxirigacha shu odamni alqab o‘tdi.

Bu bir rahbarning bir odamga yo‘l-yo‘lakay e’tiboriga kichik misol, xolos. Agar hamma rahbarlar xalq bilan doimo yuzma-yuz bo‘lsa, ularni tinglasa, muammolarini hal etishga ko‘maklashsa, el dardini o‘ziniki deb bilsa odamlarning davlatga, jamiyatga ishonchi ortadi.

Eli bilan har nafasda birga bo‘lgan, dardini, quvonchini o‘ziniki deb bilgan har qanday rahbar xalqning duosidan bebahra qolmaydi. Ko‘pchilikning duosidan unadi, o‘sadi, nomi mangulikka daxldor bo‘ladi. Buni tarixga bir nazar tashlagan odam yaqqol ko‘radi. Davlatimiz rahbari elparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘ulari yo‘g‘rilgan nutqida ana shularga e’tiborni qaratdi. Xalqning “tili uchida turgan”, ko‘nglidan kechayotgan o‘ylar Prezidentimiz tomonidan aytildi. Nafaqat aytildi, xalqqa munosib turmush sharoiti yaratish, hayot darajasini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yanada kengaytirildi.

Prezidentimiz tomonidan 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. Yurtimizda keskin o‘zgarishlar davri boshlandi. Endi ko‘pchilik bir kishining qabulida sarg‘ayib turmaydi. Muammolar, kamchiliklar yillab zanglab yotmaydi. Mansabdor shaxslar xalq xizmati uchun ana shu mansabda ekanliklarini anglab etadigan vaqt keldi.

“Tuman hokimi necha marta almashgan bo‘lsa  shu paytgacha birortasini ko‘rmagan edik, endi ko‘rdik”. “Bank xodimlari tadbirkor bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, marhamat, kredit beramiz” deb eshigimizni taqillatib kelishdi”. “Keksalarni o‘ylab chiqarilgan qarorni o‘qidingizmi, ana e’tibor, mana e’tibor”. “Yangi qurilayotgan arzon uy-joylar ham shinam, qulay, bizbop ekan, o‘shandan olmoqchimiz”. “Hokim mahallamizga kelib qabul o‘tkazdi. Qancha odamlarning muammolari shu erning o‘zida hal bo‘ldi qo‘ydi.”

Bugun ep og‘zida ana shunday gaplar. Bugun davlat organlari xalq bilan yuzma-yuz bo‘lib ko‘pchilikning ko‘nglidagi gaplarga quloq tutayotir. Muammolarning joyida hal qilinishiga erishilayotir. Ochiq muloqotlardan ko‘zlangan maqsad esa inson manfaatidir. Samarali mehnat qilish uchun zarur sharoitlar yaratish, munosib ish haqi to‘lash, sifatli ta’lim va tibbiy xizmat, dam olish uchun imtiyozlar, zamonaviy uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish aynan ana shu maqsadlarda qilinayotgan sa’y harakatlar sirasiga kiradi.

Ota-bobolarimiz ko‘pchilik, el manfaatini o‘ylab qilingan ezgu ishlarni bir so‘z bilan “savob” deb ataganlar. Maktab, yo‘l, ko‘prik qurganlar, ilm tarqatganlar, kitob yozganlarni alqaganlar. YUrtimizda elning, har birimizning manfaatimiz uchun qayg‘urib ezgu, savob ishlar qilinayotgan ekan, unda hammamiz ishtirokchi bo‘lishimiz zarur. Mehrning javobi muhabbat bo‘ladi.

Joylarda xalq bilan muloqotlar davom etar ekan, unda faqat muammolar, kamchiliklar o‘rtaga tashlanmaydi. Unda takliflar, maslahatlar bo‘ladi. Xalq bilan maslahatli qilingan ishlarning oqibati esa xayrlidir.

Bahor XOLBEKOVA,

 O‘zbekiston Yozuvchilari

uyushmasn a’zosi

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Oktabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Sen    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×