Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 6

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

2016 yil – Sog‘lom ona va bola yili. ONALIK VA BOLALIK MUHOFAZASI – DOIMIY E’TIBORDA

26 Oktabr, 2016
468

Sirdaryoda ona va bola salomatligini muhofaza qilishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida ona va bola salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

“Onalik va bolalik muhofazasi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda Sirdaryo viloyatida ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tezkor, sifatli yoritish, ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, jurnalistlar kasb mahoratini yuksaltirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ona va bola salomatligini mustahkamlash, bola tarbiyasida oilaning roli, uning parvarishi bilan bog‘liq ijobiy amaliyotning yoritilishi, oilada sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashda ijtimoiy hamkorlikning ahamiyati singari mavzularga doir taqdimotlar namoyish etildi. “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda ommaviy axborot vositalarining roli va vazifalari”, “Nosog‘lom farzandlarning dunyoga kelish sabablari”, “Erta turmush qurish oqibatlari”, “Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning illatlari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

– Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad jurnalistlar faoliyati samaradorligini oshirish, ommaviy axborot vositalarida onalik va bolalikni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratishdan iborat, – deydi Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Bobojonova. – Ona va bola salomatligini mustahkamlashda o‘z hissasini qo‘shishni istagan jurnalist ota-onaning bola tarbiyasida tutgan o‘rni, sog‘lom hayot tarzini qaror toptirishda matbuotning o‘rni, oila va nikohning muqaddasligi masalalarida ham tahliliy maqolalar tayyorlashi lozim.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

 

 Abdujalol QAYUMOV

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Oktabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Sen    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×