Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 2

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

2016 yil – Sog‘lom ona va bola yili. JIKA (JAYKA) KO‘NGILLILARI – SIRDARYOLIK BOLALAR HUZURIDA

14 Dekabr, 2016
586

Viloyatimizda faoliyat  ko‘rsatayotgan  “Yurt istiqboli”   ijtimoiy axborot markazi O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuning bajarilishini ta’minlash, uni hayotga tatbiq etish, odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy himoyalash, ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish, shuningdek, viloyatdagi imkoniyati cheklangan insonlarni, nogiron bolalarni  qo‘llab-quvvatlash, ularga yordam  ko‘rsatish, yoshlarning turli  yot g‘oyalar ta’siriga tushishlarining oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etish, xorij tillarini o‘rgatish,  aholi orasida OITSga qarshi kurashish kabi bir necha yo‘nalishlarda ibratli ishlarni amalga oshirib  kelmoqda.

Markaz tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan talbirlar hamisha aholining barcha  qatlamida, ayniqsa, yoshlarda katta  qiziqish uyg‘otmoqda. Yana shuni ta’kidlash  kerakki, markaz bir necha xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va “Yaponiya xalqaro hamkorlik  agentligi” – JIKA (JAYKA)ning vakolatxonasi  xodimlari (volontyorlari) – ko‘ngilillari bilan yuqorida tilga olingan  yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikda ish olib boradi.

Ayni paytda markaz xodimlari viloyatimizdagi yaponiyalik ko‘ngilli Shizuka Yamanada bilan birgalikda ibratli va xayrli ishlarni amalga oshirmoqda,

Yaqinda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida  “Xalqaro ko‘ngillilar kuni” munosabati bilan  “Yurt istiqboli” ijtimoiy axborot markazi va Shizuka Yamanada hamda  respublikamizning  turli viloyatlaridagi  JAYKA volontyorlari tomonidan qiziqarli tadbir tashkil etildi. Tadbirga viloyatimizning  tuman va shaharlarida istiqomat  qilayotgan  imkoniyati   cheklangan bolalar va ularning ota-onalari taklif etildilar.

Tadbirni ochgan viloyat “Yurt istiqboli” ijtimoiy axborot markazi rahbari Muqaddas Malikova markazning faoliyati, amalga oshirayotgan  tadbirlari haqida to‘xtalib, xorijlik mehmonlarni “Xalqaro ko‘ngillilar  kuni”  bilan tabrikladi va  barchani bayram dasturi bilan tanishtirdi.

Respublika Nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi raisi Muharram Abduraimova, respublika Ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limi rahbari Olim Abdurahimovlar “Yurt istiqboli” ijtimoiy axborot markazi  bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, markaz xodimlari va ko‘ngillilar tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar  xususida gapirdilar.

Shundan  so‘ng Shizuka Yamanada o‘zining o‘tgan bir  yildan  ko‘proq vaqt davomidagi faoliyati asosida taqdimot o‘tkazdi. U  imkoniyati cheklangan bolalar bilan o‘tkazayotgan qiziqarli mashg‘ulotlari, ular jamiyatning faol a’zolari bo‘lishlari uchun qilayotgan sa’y-harakatlariga to‘xtaldi. U o‘zi tayyorlagan vidiolavhalarini namoyish etdi. E’tiborlisi shundaki, Shizuka taqdimot davomida o‘z fikr-mulohazalarini  sof o‘zbek tilida bayon etdi.

– Men  Sirdaryoni, Guliston shahrini, bu erdagi bolajonlarni juda yaxshi ko‘rib  qoldim, – deydi Shizuka  hayajonu quvonchini biz bilan o‘rtoqlasharkan. –  Guliston shahri  mening  ko‘z o‘ngimda qisqa vaqt ichida butunlay boshqa ko‘rinishga ega bo‘ldi. Atrofda olib borilayotgan o‘zgarishlar, ulkan  qurilishlar, obodonchilik ishlari kishini hayratga  soladi. Odamlar bir-birlariga e’tiborli, mehribon, harakatchan,  ayniqsa, yoshlar juda qiziquvchan, serg‘ayrat, o‘z orzulari, maqsadlari uchun tinmay intilishadi, o‘rganishadi. Markazga jamlangan yigit-qizlar bilan hamkorlikda anchagina yaxshi ishlarni qilishga ulgurdik.

Farg‘ona, Xorazm, Navoiy, Buxoro va boshqa  viloyatlarda ta’lim, tibbiyot, madaniyat, kompyuter  va boshqa  yo‘nalishlarda faoliyat  ko‘rsatayotgan yaponiyalik ko‘ngillilar  ham  o‘z taqdimotlarini o‘tkazishdi.

Onishi Kaito Farg‘onada,  Makino Asakava Farg‘onada, Takuya Agayada esa Xorazmda  yoshlar o‘rtasida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib borishar ekan. Ular  namoyish etgan taqdimotlar, sport  mashqlari barchaga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, yaponiyalik ko‘ngillilar bolajonlar bilan birgalikda tashkil etgan turli o‘yinlar, idishlar tashqarisiga rasmlar chizish mashg‘ulotlari tadbir  ishtirokchilarida katta qiziqish  uyg‘otdi.

Respublika “Yurt istiqboli” ijtimoiy axborot markazi xodimi Shohida Qosimova “Odam savdosiga qarshi kurashish” borasida markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yutuqlar xususida to‘xtaldi.

Tadbir  so‘ngida taqdimotda  qatnashgan yaponiyalik  ko‘ngillilar, markazning faol a’zolari hamda  ushbu bayramni tashkil etishga  ko‘maklashgan tegishli  muassasa va jamiyatlarning vakillari taqdirlandilar.

 

Xolida PARDABOEVA

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
Aprel 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Mar    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×