Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 5

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining 2014 yil 1-oktabr – O’qituvchi va Murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda so’zlagan nutqi

Sirdaryo viloyati hokimi  O.ASHURMATOVning

1 oktyabr -“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zlagan

nutqi

         2014yil 1 oktyabr                                             Guliston sh.

 Assalomu alaykum,  hurmatli ustozlar va murabbiylar!

Aziz mehmonlar!

 

Siz, azizlarni, sizlar orqali barcha mehribon ustozlar va murabbiylarni o‘z nomimdan va barcha sirdaryoliklar nomidan qutlug‘ bayram munosabati bildan chin qalbimdan tabriklayman.

Ota-bobolarimiz qadim-qadimdan ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti  va millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar va bunga erishganlar. SHuning uchun ham istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab  yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu masala Muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov tomonidan davlat siyosati darajasiga  ko‘tarildi.

Siz, aziz ustozlar va murabbiylar  shuni yaxshi bilasizlarki, dunyo davlatlarining birortasida ustozlar ulug‘lanib, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmaydi. Qolaversa, bu bayram kuni bizda dam olish kuni, deb e’lon qilingan.

Yaxshi bilasizlar, ayniqsa, 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida mamlakatimizda ta’lim tubdan isloh qilinib, ustozlar va murabbiylar nomi ko‘klarga ko‘tarilayapti. Muhtaram YUrtboshimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitoblaridagi  “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir” degan so‘zlarni bir eslang. U  biz e’zozlayotgan kasb egalariga  berilgan yuksak bahodir.

Yaxshi bilamiz, bugungi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining qiyofasi, uning moddiy-texnika bazasi o‘n yillar oldingi maktablardan tubdan farq qiladi. Bugun mavjud maktablarning o‘quv-laboratoriya xonalari to‘liq jihozlangan, kompьyuterlar bilan ta’minlangan. Maktablar qoshida sport zallari faoliyat ko‘rsatib turibdi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim-tarbiya berish uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tizimida 502 ta ta’lim muassasasi bo‘lib, ulardan 300 tasi umumta’lim maktabi, 155 tasi maktabgacha ta’lim muassasasi, 12 tasi barkamol avlod markazi, 18 tasi bolalar va o‘smirlar sport maktabi, 15 tasi bolalar musiqa va san’at maktabi, 1 tasi “Bolalar shaharchasi” hisoblanadi. SHuningdek, viloyat pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ham  faoliyat ko‘rsatib turibdi.

Viloyat umumta’lim maktab o‘quvchilarining darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan umumiy ta’minlanishi o‘tgan o‘quv yilida 98,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatkich 99,3 foizni tashkil etdi. O‘quvchilarning ijara darsliklari bilan ta’minlanishi 100 foizni tashkil etadi.

Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida boshlang‘ich ta’limning sifat va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2012 yil 11 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida chet tillarni o‘qitish va o‘rganishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy o‘quv yilidan boshlab Boyovut tumanida 2-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab internat va Sayxunobod tumanida 41-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.

Shu yilning 16-18 va 28-30 iyunь kunlari Toshkent shahrida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili o‘tkazib kelinayotgan “Bilimlar bellashuvi” tadbirida viloyatimiz o‘quvchilarining  36 nafari ishtirok etdi. Bellashuv yakunlariga ko‘ra 14 nafar o‘quvchimiz sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar saralanib, ularning elektron banki yaratildi. O‘qitishning ilg‘or usullari va pedagogik texnologiyalar, jumladan “Dars muqaddas”, “O‘rgan-o‘rgat”, “Sog‘lom muhit-sog‘lom jamoa” kabi tadbirlar kompleksi asosida ilg‘or tajribalar hamda viloyatda yilning “Eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, “Eng yaxshi metodisti” kabi tanlovlar g‘oliblarining eng namunali dars ishlanmalarining elektron banki yaratildi va ommalashtirildi.

2014 yil investitsiya dasturi doirasida 14 ta ta’lim obe’ktlarida, jumladan 6 ta umumta’lim maktablari rekonstruksiya, 8 ta umumta’lim maktablari kapital  ta’mirlash ishlari olib borilib, mazkur obe’ktlar uchun 7 813,2 mln so‘m mablag‘ sarflandi.

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan SHirin va Baxt shaharlarida eng zamonaviy ko‘rinishdagi, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 5 500 mln. so‘m mablag‘ sarflanib musiqa va san’at maktablari foydalanishga topshirildi. Mazkur jamg‘arma mablag‘i hisobidan 1 860 mln. so‘m mablag‘ sarflanib  3 ta sport zallari foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 2 250 mln. so‘m mablag‘ evaziga Mirzaobod tumanida II TIP sport majmuasi foydalanishga topshirilish arafasida turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqillikning 23 yilligi munosabati bilan YUrtboshimiz tomonidan Sirdaryo tumanidagi 13-o‘rta ta’lim maktabi direktori Zulxumor Xoliqova “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, Sirdaryo tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rahimaxon Quvvatova “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan, Guliston tumanidagi qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji biologiya fani o‘qituvchisi Sayyora Tojiboeva  “SHuhrat” medaliga sazovor bo‘lgani barchamizni quvontirdi.

Bu  Siz, aziz o‘qituvchi va murabbiylarning samarali mehnatlaringizga  YUrtboshimiz tomonidan berilgan yuksak bahodir.

Biz ham siz – azizlarni shunday yuksak  mukofot bilan tabriklaymiz va ezgu ishlaringizda omadlar tilaymiz.

Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Eng obod ta’lim muassasasi” respublika bosqichida YAngier shahridagi 6-sonli,  Guliston tumanidagi 24-sonli, Boyovut tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinni egalladilar.

Shu ko‘rik-tanlovning maktabgacha ta’lim muassasasalari o‘rtasida Guliston shahridagi 9-sonli, Boyovut tumani  3-sonli, Mirzaobod  tumanidagi  3-sonli maktabgacha ta’lim muassasalari ham birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rin sohiblari bo‘ldilar.

Xabarlaringiz bor, shu yilning 7-10 iyunь kunlari Toshkent shahrida umumta’lim fanlari bo‘yicha IV respublika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.Unda viloyat o‘rta maxsus, kab-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 8 ta ta’lim muassasasidan 19 nafar bitiruvchi ishtirok etdi. Viloyatimiz  umum jamoa hisobida to‘tinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. SHunisi e’tiborga molikki, Guliston maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Turobova Laylo Farhod qizi, Paxtaobod qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Abulqosimova Iroda Po‘lat qizi   Xalqaro diplomatiya universitetiga, YAngier akademik litseyi o‘quvchisi Murodova Sevara Mahmud qizi O‘zbekiston Milliy universitetiga grant asosida o‘qishga kirish huquqini qo‘lga kiritdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 iyuldagi 198-qarori bilan Guliston-2 pedagogika kolleji Guliston olimpiya zaxiralari kollejiga aylantirildi.

Joriy yilda boshqarma tassarufidagi 6 ta ta’lim muassasasiga        4 milliard 350 ming so‘m sarflanib,  mukammal ta’mirdan chiqarildi.

Viloyatimizda yagona oliy o‘quv yurti bo‘lgan Guliston davlat universitetida 302 nafar professor-o‘qituvchi bo‘lib, ularning  15 nafari fan doktori va 102 nafari fan nomzodi hisoblanadi.

Universitetda o‘tgan 2013 yilda 3 ta fundamental, 4 ta amaliy va 3 ta innovatsion ilmiy-texnik davlat loyihalari hamda 27 ta xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.

Innovatsiya texnologiyalari va loyihalari 6-respublika yarmarkasida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan innovatsion loyihalar asosida 8 ta shartnoma imzolandi.

Universitet jamoasining ICBA, IWMI va ICARDA kabi chet el ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda Rossiyaning Moskva, Sankt-Petrburg, Kemerova davlat universitetlari bilan ilmiy aloqalari o‘rnatilganligi sohada o‘tkazilayotgan islohotlar samarasidir.

Tabiatshunoslik fakultetining 2-bosqich talabasi Jo‘rabek Jumanov kimyo fanidan respublika fan olimpiadasida 1-o‘rinni, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich talabasi Saida Karimova ijtimoiy fanlar respublika fan olimpiadasida 3-o‘rinni egalladilar.

Tabiatshunoslik fakulьteti talabasi Zarif Matmusaev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan o‘tkazilgan “Parlamentarizm bilimdoni” onlayn respublika tanlovida mutlaq g‘olib bo‘ldi. Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulьtetining 3-bosqich  talabasi Z…….. Sultonov “Talabalar bahori-2014” festivalida  g‘olib bo‘ldi.

Bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. Bularning hammasi istiqlol tufayli, olib borilayotgan islohotlarning samarasi ekanligi  har birimizga ayon.

 

Aziz ustozlar!  Qadrli murabbiylar!

 

Muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan siz, azizlarni samimiy muborakbod etdilar. Ularning tabrigidagi yurakdan chiqqan so‘zlar hammamizning ko‘nglimizdagi gaplardir.

 Fursatdan foydalanib, ta’lim va tarbiyaning sharafli yukini  elkasida ko‘tarib kelayotgan Siz, aziz muallimlarni, ustozlarni, sizlar orqali viloyatimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarini kasb bayramlari bilan yana bir karra qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman.

Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, muhtaram YUrtboshimiz baxtimizga doimo sog‘-salomat bo‘lsinlar.

E’tiborlaringiz uchun rahmat!

 

 

 

1 094

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Sentabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Avg    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×